Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
361
falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishida katta o’rin tutadi. SHu bilan birga u tarixning haqiqiy ijodkori sifatida jamiyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Uning, umuman madaniyat, xususan, badiiy adabiyot sohasidagi xizmatlari ham bebahodir. Doston va ertaklarning, maqol va matallarning, qahramonlar haqidagi rivoyat va afsonalarning yaratuvchisi ham, avaylab-asrovchisi ham uning o’zidir. O’zbeklar o’zining insonni lol qoldiradigan ajoyib amaliy san’ati, yuksak badiiy did va mahorat asosida ishlangan hunarmandchilik buyumlari bilan qadim zamonlardan boshlab hozirgacha ham dunyo xalqlari o’rtasida shon-shuxrat qozonib kelmoqda. Hunarmandchilik san’ati bizning xalqimiz avlod-ajdodlari tomonidan saqlanib kelayotgan meros, bebaho qadriyatdir. O’zbek xalqi amaliy san’ati, hunarmandchilik ildizlari uzoq o’tmishga borib tutashadi. O’zbek xalq hunarmandchiligi tarixiga hozirgi zamon nigohi bilan nazar tashlaydigan bo’lsak, manbalar, o’tmishdan saqlanib qolgan yodgorlik va obidalar eramizdan avvalgi minginchi yillarda yaratilgan san’at durdonalari haqida dalolat beradi. O’zbekiston hududida bo’lgan Shosh, Marokand, Urganch, Buxoro, Shahrisabz shaharlarining qadimgi o’rnida olib borilgan qazilma tadqiqotlar ota- bobolarimiz yaratgan hunarmandchilikning o’lmas obidalarini kashf etdi, yozma manbalar qadimiy O’rta Osiyo aholisining konlarda ishlaganini, mis va temirdan turli xil harbiy va mehnat qurollari yasaganliklarini, tikuvchilik, binokorlik, zargarlik va boshqa ishlar bilan shug’ullanganliklarini ko’rsatadi. Avlod-ajdodlarimiz o’tmish davrlardan boshlab naqqoshlik, o’ymakorlik, tikuvchilik, zargarlik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, misgarlik, sangtaroshlik, kulolchilik, musiqa asboblarini yasash va boshqa sohalarda katta mahorat ko’rsatganlar. Ular nozik va go’zal, jahonda tengi yo’q naqsh ustasi bo’lganlar, faqat yog’ochga emas, shuningdek, marmar toshga, metallga o’ta nozik va go’zal naqsh solishlari, gilam va matolarga rang-barang gullar to’qishlariga qarab ota- bobolarimiz, momolarimizning mahoratlari va didlariga qoyil qolamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling