362
Samarqand, Buxoro, Xiva, Namangan, Qo’qon va Toshkentdagi xalq
ustalari ganch o’ymakorligi sohasida katta shon-shuhratga ega bo’lganlar. Bu
san’at namunalarini qadimiy binolar, muhtasham saroylar, arklarning ichki va
tashqi bezaklarida, devor peshtoqlaridagi o’simlik va hayvonlar tasvirlarida,
lojuvard koshinlarda ko’rish mumkin. Nozik o’ymakorlik san’atini mukammal
egallab olgan yuksak didli ustalar nafaqat ganchga o’yma naqshlar berish, balki
jimjimador panjaralar va go’zal guldonlar ham yasay bilganlar.
Musiqa san’ati — eng qadimiy va shu bilan birga o’zbek xalqi o’rtasida
keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalardan biridir. Musiqa
kishilarning his-tuyg’ularini, fikrlarini va kayfiyatlarini o’ziga xos tarzda ifoda
etadi.
Musiqa san’ati kishiga butun bir yuksak tuyg’ular, zavq-shavq, yangi
g’oyalar olamini ochib beradi. Odamlarni ma’naviy jihatdan boy, sof va barkamol
qiladi. Musiqa tufayli inson o’zida yangi, ilgari sezmagan kuch topadi, hayotga
o’zgacha munosabatda bo’ladi. Musiqa insonni hayotni sevishga da’vat etadi.
Musiqa, raqs, bayt, kuy, g’azal singari qo’shiqlar ham xalq hayoti bilan shu
qadar yaqinlashib, qo’shilib ketganki, inson o’z hayoti, turmush tarzi va borlig’ini
usiz tasavvur etolmaydi.
Musiqa va qo’shiqning inson hayotida bu qadar keng o’rin olishi, uzoq
yashashi, takomillashib, mazmunan boyib va chuqurlashib borishining sabablari
bor. Chunki qo’shiq insonni mehnat qilishga, qiyinchiliklarni yengishga, ruhan
tetik,
bardam
bo’lishga, do’stlarga vafodorlik, dushmanlarga nisbatan
shafqatsizlikka undaydi. Kindik qoni to’qilgan ona Vatanni sevishga, uning barcha
boyliklari bilan faxrlanishga da’vat etadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
nisbatan bo’lgan mehr-muhabbat, faxr-iftixorning shakllanishi va rivojlanishi ham
ma’lum darajada unga bog’liq.
Madaniyat inqirozga uchrab xalqning ma’naviyati barbod bo’lsa, odamlar
e’tiqodlarida xalqparvarlik, vatanparvarlik kabi tuyg’ular so’na boshlaydi. Bunday
joyda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, beparvolik boshlanadi, milliy
Do'stlaringiz bilan baham: |