373
Yuksak siyosiy bilim va madaniyatga, iymon-e’tiqodga ega bo’lgan inson
jamiyatimiz, davlatimiz, xalqimiz va millatimizning eng katta boyligi hisoblanadi.
Ma’naviy barkamollik huquqiy ongni ham o’z ichiga oladi. Inson muayyan
jamiyatda yashar ekan, uning axloqi va odobining shakllanishi mavjud huquqiy
mezonlar bilan bog’lanmog’i kerak. Insondagi faollik qabul qilgan qonun va
qoidalar chegarasida bo’lmog’i kerak. Jamiyat belgilagan, davlat qabul qilgan
qonunlar chegarasidan chiqib ketgan faollik beboshlikdir, jamoat va davlat
manfaatlarini mensimaslikdir.
Yetuk, ma’naviy, ruhiy barkamol, millatparvar, xalqparvar kishilar, vatani
uchun xizmat qilishni o’zi uchun oliy maqsad deb biladigan odamlar, o’z shaxsiy
maqsad va manfaatlarini umumxalq, davlat manfaatlaridan ustun qo’ymaydi,
beboshlik va itoatsizlik, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirishning har qanday
ko’rinishlariga qarshi kurash olib boradi.
Jamiyat qabul qilgan qonunlarni hurmat qilish, unga asoslanib ish ko’rish,
huquqiy qonun-qoidalar va mezonlarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik ma’naviy
kamolot, axloqiy poklik belgisidir.
Insonda huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi, uning huquqiy
bilimi va saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki o’sha
qonunlarning ko’rsatilgan sohalarda to’la ijro etilishi bilan belgilanadi.
«Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy
ma’lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va
ularga bo’ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilish, o’z haq-
huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy
madaniyat degani turli mojarolarni hal qilishda qonunga xilof kuchlardan
foydalanishni rad etish demakdir»
1
.
Insonda huquqiy ong va madaniyat o’z-o’zidan shakllanmaydi. U jamiyatda,
jamoatchilik o’rtasida ta’lim-tarbiya natijasida shakllanadi. Yoshlarda huquqiy
1
Karimov I.A.O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-
T.:“O’zbekiston”,1995.-29-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |