376
«Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar
majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.
Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon
bo’lishi kerak», — degan edi I.A.Karimov.
Insof va adolat tuyg’usi, iymon va halollik, xushmuomalalik va
xushxulqlilik — bular inson ma’naviy barkamolligining namoyon bo’lish
shakllaridir.
Sharqona urf-odat va madaniyatda odamlar xushxulqli, shirinso’z, olijanob
bo’lishga da’vat etiladi. Odamlar xalqimiz urf-odatlariga qat’iy amal qilib
xulqlarini tuzatsalar, oilalarida, jamiyatda xushmuomala, mehribon, olijanob
bo’lsalar juda katta olqishga sazovor bo’ladilar.
Milliy uyg’onish asosan ma’naviyat sohasida, milliy ong, insonning
ma’naviy, axloqiy kamolotida yuz beradi. Ma’naviy kamolot faqat o’tmishni to’la
tushunib olishgina emas, balki kelajakka intilishdan iboratdir. «Taraqqiyot
taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab
texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur
bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovot va ruhiy ma’naviy salohiyat — ma’rifatli
insonning ikki qanotidir»
1
.
7.9. Qadriyat tushunchasining mohiyati va tavsifi
Qadriyatlar — jamiyat taraqqiyoti asosiy omillaridan hisoblanadi. Xo’sh,
qadriyatlar tushunchasi, uning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat?
Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat
va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu
tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari,
hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim.
1
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-
T.:“O’zbekiston”,1995.-46-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |