378
qaratilgandir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “jamiyatni isloh qilish
va yangilash bo’yicha ko’p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suveren
O’zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni ayni bir fuqaro o’z
qobiliyatini, o’z iste’dodini namoyon etishiga, shaxs sifatida o’zini ko’rsatish
imkoniyatiga ega bo’lishiga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy hayotdagi barcha
o’zgarishlar mana shu oliy maqsadga erishishga — har bir kishining hayotini
yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy jihatdan boyroq qilishga bo’ysundirilgan”
1
.
Istiqlol tufayli respublikamizda keyingi yillarda insonning shaxsiy haq-
huquqlari, erkinliklari va qadriyatlarini muhofaza qilish, turmush farovonligini
oshirish masalasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy xom ashyo — foydali qazilmalar
O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadriyatlaridandir.
O’zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay geografik muhitga ega.
Inson mehnati, xatti-harakati, aql-zakovoti bilan yaratilgan “ikkinchi tabiat”,
ya’ni turli-tuman moddiy boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari,
transport vositalari, asbob-uskunalar, turar-joy, mol-mulk va shu kabilar moddiy
qadriyatlar hisoblanadi.
Ma’lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika
bazasi tashkil qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o’ziga xos moddiy texnika
bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat jihatidan emas, balki miqdor jihatidan ham farq
qiladi.
Moddiy qadriyatlarning negizini mulk tashkil etadi. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida yozilganidek, davlat iste’molchilarning huquqi
ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkor va mehnat qilish erkinligini,
barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar
1
Karimov
I.A.
O’zbekiston
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish
yo’lida.-
T.:“O’zbekiston”,1995.-247-248-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |