386
yaqinlashtiruvchi vosita bo’lib kelgan va hozir ham shunday bo’lib kelmoqda.
Xalqimizning madaniyati, tili, tarixi, urf-odat va an’analari, boy me’morchilik
san’ati jahon xalqlarida zo’r qiziqish uyg’otmoqda.
Milliy madaniyat, ma’naviyatimizni mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar
bilan yaqinlashtirish, jahon xalqlari bilan madaniy aloqalarimizni mustahkamlash
va yanada taraqqiy ettirish hukumatimiz siyosatining muhim yo’nalishini tashkil
etadi.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin:
1) qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, poydevori. Uni avaylab-asrash va
oqilona rivojlantirish har bir insonning muqaddas burchidir;
2) qadriyatlar o’tmish bilan bugungi kun va kelajakni bog’laydigan vosita;
3) qadriyatlar ma’naviy yetuk, barkamol insonni tarbiyalaydigan qudratli
kuchdir;
4) qadriyatlar jamiyatimizni jahon hamjamiyatiga qo’shuvchi ishonchli
vosita.
Shuning uchun ham qadriyatlarga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashib,
ularni mazmunan boyitib, ijodiy rivojlantirish davr taqozosidir.
O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, jamiyat
ma’naviyatini yanada yuksaltirish — mamlakatimiz rivojlanish strategiyasining
ustuvor yo’nalishlaridan birini tashkil etadi. Milliy qadriyatlarimizni tiklash va
mazmunan boyitish jamiyatni ma’naviy yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb
etishini hayotning o’zi yaqqol ko’rsatib turibdi.
387
Mavzuga doir tushuntiruvchi matnlar
Do'stlaringiz bilan baham: |