383
qadriyatlarni tashkil etadi. Aksincha, respublikamiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, madaniy, ma’naviy muammolarni hal etishga to’sqinlik qiladigan
hodisalar reaktsion qadriyatlarga kiradi.
Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni
avaylab-asrash va muhofaza qilish barchamizning burchimizdir. “Fuqarolar
O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga
majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”
1
, deb yozib
qo’yilgan Konstitutsiyamizda.
Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash millatning o’ziga hurmat bilan
qarashning asosiy bo’g’inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy
qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklar bilan
qo’shilib, taraqqiyotimizni tezlatadi, g’oyaviy va ma’naviy poklanishni
ta’minlashga ko’maklashadi.
Qadriyatlarning barcha turlari insonning farovon hayot kechirishi, erkin
yashashi, ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo’lib
hisoblanadi. Shuning uchun ham qadriyatlarni avaylab-asrash, ularni qo’riqlash,
yuksaltirish har bir shaxs hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham albatta katta
ahamiyat kasb etadi.
Bashariyat ko’p ming yillik tarixi davomida erkin, baxtli va go’zal hayot
kechirish uchun zarur bo’lgan xilma-xil qadriyatlarni yaratdi, inson, uning huquqi
va erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar, siyosiy tashkilotlarni bunyod etdi.
Insonning go’zal yashashi uchun zarur bo’lgan badiiy-estetik qadriyatlarni
rivojlantirdi, kishilarning bir-biriga va jamiyatga bo’lgan munosabatlarini belgilab
beradigan axloqiy qoidalar majmuini joriy etdi va hokazo.
Mazkur ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar jamiyat
taraqqiyotida
salmoqli
o’rin egallab, kishilarning insoniy fazilatlarini
yuksaltirishda katta xizmat qilib kelmoqda. Lekin, shu bilan bir qatorda, inson o’zi
1
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:“O’zbekiston”, 2018.-17-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |