Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
385
taraqqiyotga erishishning o’ziga xos yo’lini tanlagan. Shuning uchun ham uning jahon hamjamiyatidagi obro’ va e’tibori tobora ortib bormoqda. Barqarorlik, tinchlik, totuvlik — mustaqillik tufayli qo’lga kiritilgan eng katta yutug’imizdir. Shunday ekan, bugungi kunda ularni qadrlash, avaylab-asrash, himoya qilish — barchamizning eng dolzarb, eng olijanob vazifamiz bo’lib qolmog’i kerak. Ma’lumki, jahon xo’jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini, shakllantirish muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob bera oladigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yish katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berilgan va hozirgi kunda izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasi qo’l kelmoqda. O’zbekiston rang-barang yer osti va yer usti boyliklariga ega. Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlar yo’li yetakchi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi rivojlangan eng yirik mamlakatlar tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda. Hozirgi vaqtda O’zbekiston ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. BMTning iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti kabilar shular jumlasiga kiradi. Respublikamiz rahbariyati O’rta Osiyo va MDH davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tabiiy, moddiy qadriyatlarimizni birga baham ko’rish sohasida ham katta amaliy ishlar qilmoqda. Bularning bari jamiyatimizning jahon xo’jaligiga qo’shilib, iqtisodiy yuksalishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizning rang-barang va boy madaniyati jahon xalqlari madaniyatining ajralmas qismidir. Ko’p asrlar davomida shakllanib, mazkur xalqning ma’naviy boyligini, uning urf-odatlari, an’analarini mujassamlashtirgan ma’naviyat ayni vaqtda umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi va shu tariqa u jahondagi barcha xalqlarning ma’naviy boyligi ham bo’lib hisoblanadi. Yuksak milliy madaniyat, ma’naviyat hamma vaqt jahon xalqlarini bir-biriga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling