Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

384
 
yaratgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy, axloqiy qadriyatlarini ko’p hollarda 
poymol qilib kelayotganligini ham tan olishimiz kerak. Huquqbuzarlik, 
axloqsizlik, millatimizning urf-odat va an’analariga zid keluvchi xatti-
harakatlarning aholi, ayniqsa, yoshlar ichida avj olib ketayotgani bunga misol bo’la 
oladi. Bularning oldini olish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida ko’ndalang turgan 
dolzarb vazifadir. 
Kishilarni qadriyatlarga iste’molchi yoki kuzatuvchi sifatida qarash 
kayfiyatidan xoli etib, aksincha, ularni yanada ko’paytirish, yuksaltirish payida 
bo’lishlariga erishish uchun alohida e’tibor berish kerak. Ma’lumki, hayotda hech 
bir narsa abadiy emas. Bu qadriyatlarga ham taalluqlidir. Shunday ekan, ularni 
doimo boyitib, rivojlantirib, ko’paytirib, yangilab turmog’imiz darkor. 
Qadriyatlar katta ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular 
o’tmish bilan hozirgi kun o’rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi, shu tufayli millatning 
tarixi, uning o’tmish hayoti, madaniyati gavdalanadi. Shuning uchun ham har bir 
siyosiy tuzum, har bir davlat qadriyatlardan o’z maqsadi, manfaati yo’lida 
foydalanib kelgan va hozir ham shunday bo’lmoqda.
Qadriyatlar o’z-o’zidan bevosita insonning ma’naviy qiyofasi, turmush tarzi, 
umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay olmaydi. Qadriyatlarning holati, ahamiyati, 
insonga ko’rsatadigan ta’siri, uning istiqboli u yoki bu jamiyatdagi mavjud ijtimoiy 
tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari bilan uzviy 
bog’langandir. Buni o’zbek xalqi milliy qadriyatlarining o’tmishdagi va hozirgi 
holatidan yaqqol ko’rishimiz mumkin. 
Ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, 
madaniy-ma’naviy 
qadriyatlarimiz 
jahon 
hamjamiyatiga eltuvchi ishonchli vosita bo’lib hisoblanadi. 
Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-
siyosiy qadriyatlarini tashkil etadi. Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va 
o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish millatimizning ongiga, qoniga chuqur 
singib ketgan. O’zbekiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar 
mamlakatlar bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling