354
aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, ya’ni ideal jamiyat ma’nosida
qo’lladilar.
Sivilizatsiya murakkab mazmunga ega bo’lgan falsafiy tushuncha
hisoblanadi. Shuning uchun ham sivilizatsiya haqida xilma-xil qarashlar, nuqtai-
nazarlar mavjud. Chunonchi ingliz sotsiologi va tarixchisi Arnold Toynbi
sivilizatsiya deganda jamiyat taraqqiyotini, avvalo madaniy yuksalishni nazarda
tutadi. Dunyo tarixini o’rgangan Toynbi sivilizatsiya turlicha xalqlarda turlicha
kechadi, tarix o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida sivilizatsiyalardan
iborat, degan fikrni ilgari suradi. U «Tarixni bilish» asarida insoniyat tarixida
mavjud bo’lgan o’n uch sivilizatsiya haqida fikr yuritib, sivilizatsiyani
rivojlantiruvchi kuch – ijodiy elita yoki ozchilikdan iborat, deb biladi. U
sivilizatsiya o’z-o’zidan shakllanmaydi. Uning rivojlanishi uchun ma’lum tarixiy
davr yetilgan bo’lmog’i lozim. Bunday davrni Toynbi «Chaqiruv va javob» deb
belgilaydi.
Uning fikricha, tarix chaqirig’iga ozchilik javob berar ekan, o’z ketidan
befarq ko’pchilikni ergashtiradi. Chaqiruv shunday davrki, bunda jamiyat
qandaydir xavf ostida bo’ladi. Chaqiruv va javob har qanday sivilizatsiyaning
asosini tashkil etadi
1
.
Nemis
faylasufi
Osvald
Shpengler
(1880-1936
yy.)
sivilizatsiya
tushunchasini madaniyatga qarama-qarshi qo’yadi. Uning fikricha, madaniyat
halokatga
uchrashi
jarayonida
sivilizatsiyaga
aylanadi.
Madaniyatdan
sivilizatsiyaga o’tish ijodkorlikdan mahsulsizlikka, shakllanishdan qotib qolishga,
qahramonona tashabbuslardan mexanik «ish»ga o’tishdan iborat. Shpengler
fikricha, sivilizatsiya oqibatida badiiy va adabiy ijodga ehtiyoj qolmaydi. Shuning
uchun ham madaniy da’volardan voz kechib, sof texnitsizmga e’tiqod qilishni
taklif etadi.
Insoniyat, Shpengler fikricha, zoologik birlikdir. Insoniyatning yagona tarixi
yo’q, faqat alohida yashirin madaniyat bor. Har bir madaniyat hayotini taqdir
boshqaradi. «Har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning o’z
1
Qarang: G’arb falsafasi.-T.:«Sharq», 2004.-588-589-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |