Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

352
 
Ijtimoiy hayotning o’zgarishi inson ijtimoiy amaliyoti tarzida sodir bo’ladi. 
Jamiyatning rivojlanishi ob’ektiv qonunlar asosida kishilarning faol amaliy 
faoliyati tufayli ro’yobga chiqadi. 
Kishilar faoliyati tasodifiy ravishda ro’y beradigan ko’r-ko’rona jarayon 
emas. Kishilar o’z oldilariga aniq maqsadlarni qo’yib, uni amalga oshirishga intilar 
ekanlar, bu intilishlarning zaminida gavdalangan rivojlanish qonunlarini bilish 
yotadi. Jamiyat taraqqiy etishi uchun faqat ob’ektiv shart-sharoitlarning o’zi kifoya 
qilmaydi, buning uchun sub’ektiv omillar ham yetilgan bo’lishi zarur. 
Jamiyat a’zolari qancha ongli bo’lsa, ya’ni sub’ektiv omil roli tez o’sib 
borsa, jamiyat taraqqiyoti shunchalik tezlashadi. 
Xalq ommasining bunyodkorlik faoliyati, avvalo uning moddiy boyliklar 
yaratishda o’z ifodasini topadi. Inson ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat, 
kiyim-kechak, uy-joy, ularni ishlab chiqaradigan murakkab mehnat qurollari
asbob-uskunalar, texnologiyaning ijodkori - xalq ommasidir. yer yuzidagi barcha 
shaharlar, qishloqlar, qadimgi dunyoning karvon yo’llarini, katta-katta inshootlar
sug’orish kanallari va ko’priklarni xalq o’z mehnati bilan barpo etgan. Xalq 
ommasi o’z mehnati bilan Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Toshkent, 
Shahrisabzdagi va boshqa ulkan tarixiy obidalarni yuzaga keltirgan va 
keltirmoqda. 
Xalq ommasi jamiyatning barcha ma’naviy boyligini yaratuvchi kuch 
hamdir. Kishilarning ma’naviy hayoti garchi ular moddiy turmushining in’ikosi 
sifatida yuzaga kelgan bo’lsada, lekin u o’z navbatida butun ijtimoiy taraqqiyotga 
g’oyat katta ta’sir ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyotida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanishi va takomillashuvida, mehnat unumdorligining o’sib borishida ilm-fan 
va madaniyatning, inson aql-idroki va zakovatining qanchalik muhim ahamiyat 
kasb etishini isbotlab o’tirishning hojati yo’q. 
Xalq ommasining ijtimoiy taraqqiyotda hal qiluvchi kuch ekanligi uning 
ijtimoiy-siyosiy faoliyatida ham namoyon bo’ladi. Xalq ommasi tarix davomida 
bo’lib o’tgan barcha o’zgarishlarning hal qiluvchi kuchi hisoblanadi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling