Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

348
 
hodisalar milliy va millatlararo munosabatlarning holatiga keskin ta’sir ko’rsatdi. 
Ana shu salbiy hodisalarning hammasi har xil millatchilik kayfiyatlarining 
namoyon bo’lishi, millatlararo nizolar vujudga kelishi uchun negiz yaratdi. 
Mustaqillik tufayli jamiyatimizning barcha sohalarida sodir bo’layotgan tub 
sifat o’zgarishlar millatlar va millatlararo munosabatlarni takomillashtirilishiga 
qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda shulardan to’liq foydalangan 
holda milliy va millatlararo munosabatlar sohasidagi barcha mavjud kamchiliklarni 
bartaraf etish ustida muntazam ravishda ko’pgina ijobiy ishlar qilinmoqda. 
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, millatlararo munosabatlar sohasida muayyan
noantagonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil davlatlarning qaror 
topish davri uchun real hodisadir. Lekin mavjud ziddiyatlarning xalqlar va 
davlatlarning xavfsizligiga tahdid soladigan fojiali oqibatlarga olib boruvchi 
millatlararo mojarolarga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Milliy va millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni hal qilishda 
mintaqadagi etnik-nufus vaziyatni, aholining polietnik tarkibini hisobga olish katta 
ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonning tub aholisi — o’zbeklardir. Shu bilan birga, 
mamlaktimizda qoraqalpoqlar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, tatarlar
ozarbayjonlar, boshqirdlar, uyg’urlar, slavyan xalqlaridan — ruslar, ukrainlar, 
beloruslar, shuningdek, polyaklar, chexlar, slovaklar, forslar, pushtunlar, balujlar, 
koreyslar, armanlar, yahudiylar va boshqa millatlar vakillari istiqomat qiladi.
Ularning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish uchun respublikamizda qator 
chora-tadbirlar qilinmoqda. Ona tilida ta’lim olish borasidagi ehtiyojlari to’laroq 
qondirilmoqda. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, madaniyat va ma’naviy 
boyliklarni taqsimlash masalalarida ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanilmoqda. 
Milliy tillarda ro’znomalar, kitoblar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa 
adabiyotlar nashr etilmoqda. Ko’pchilik millatlarning ehtiyojlarini hisobga olib 
teleko’rsatuv va radio eshittirishlar ko’paymoqda, milliy madaniyat markazlari 
ochilmoqda. Boshqa millatlarning vakillari davlat va jamoat ishlariga jalb 
qilinmoqda. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling