356
yovvoyilik va varvarlikdan keyingi madaniy taraqqiyot bosqichi ekanligini
e’tiborga olmoq lozim.
Sivilizatsiya
madaniyatlar
xilma-xilligi
asosida
shakllanadi.
Madaniyatlarning turli-tumanligi ular orasidagi umumiylikni inkor etmaydi.
Madaniyatning insonparvarligi tamoyili ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Ayni
vaqtda madaniyatlar o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatadi va bu ta’sir madaniyatlar
taraqqiyotida o’z ifodasini topadi.
Sivilizatsiya inson va jamiyatning taraqqiyotini ifodalaydi. sivilizatsiya
inson va jamiyatning o’zgartuvchilik faoliyati mahsuli. Demak, sivilizatsiya
madaniyatning konkret namoyon bo’lishini, uning real mavjud hayotini aks
ettiradi. Sivilizatsiyaning madaniyatsiz, madaniyatning sivilizatsiyasiz mavjud
bo’lishi mumkin emas.
1.Sivilizatsiya jamiyatni ijtimoiy tashkil etish usuli hisoblanadi.
2.Sivilizatsiya avval boshdanoq progressiv taraqqiyot sifatida yuzaga kelgan.
Bu taraqqiyot ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog’liq tarzda
kechgan. Agar varvarlik davrida eng qadimgi odamlar uyushuvi tabiiy asosga
tayangan bo’lsa, sivilizatsiya odamlarning ijtimoiy jihatdan uyushuvini keltirib
chiqaradi.
3.Sivilizatsiya ijtimoiy boyliklarni ishlab chiqarish va tobora ko’paytirib
borishdan iborat murakkab ijtimoiy jarayon.
Sivilizatsiya ortiqcha mahsulotning, ijtimoiy boylikning vujudga kelishi
bilan bog’liq ravishda amalga oshdi. Aynan ortiqcha mahsulot, boylikning paydo
bo’lishi oqibatida mehnat taqsimoti chuqurlashdi, aqliy mehnat jismoniy
mehnatdan ajralib chiqdi, ilmiy bilimlar shakllandi, fan, falsafa, san’at vujudga
keldi. Ijtimoiy boylik deganda moddiy ne’matlar ko’rinishidagi boylik bilan bir
qatorda ma’naviy qadriyatlarni ham hisobga olmoq lozim. Moddiy boyliklarning
tobora ko’payib borishi bo’sh vaqt boyligining shakllanishiga olib keldi. Bo’sh
vaqt jamiyat va inson taraqqiyotining muhim omili bo’lib hisoblanadi. Jamiyat
taraqqiyoti, boyliklarning tobora ko’payib borishi madaniyatli ijtimoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |