351
taraqqiyoti respublikamizda yashayotgan barcha millatlarning manfaatlariga mos
bo’lmog’i kerak.
Millatlararo hamdo’stlik, tinchlik, totuvlik — mustaqillik tufayli qo’lga
kiritilgan eng katta yutug’imizdir.
“O’zbekiston aholisining ko’p millatliligi, — deb yozgan edi I.A.Karimov,
— o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi va ma’naviy qayta tiklanishining
o’sishi bilan chambarchas bog’liq holda jamiyatni yangilash, uni
demokratlashtirishga undovchi zo’r kuch bo’lib xizmat qilmoqda. Bu
respublikaning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi uchun qulay shart-sharoit
yaratmoqda”
1
.
Xalqlarimiz azaldan orzu qilib kelgan millatlararo do’stlik, hamjihatlik,
tinchlik, totuvlikka erishgan ekanmiz, endilikda bizning oldimizda turgan dolzarb
vazifa — ana shu oliy ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarni qo’ldan bermay, avaylab-
asrab, ko’z qorachig’iday ehtiyot qilib, saqlab qolish ustida doimiy harakat
qilishimiz darkor. Bunga respublikamizda yashovchi har bir inson — yoshidan,
millatidan qat’i nazar, o’z hissasini qo’shmog’i kerak.
7.6. Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlar
Jamiyat taraqqiyoti inson faoliyatining ifodasidir. Kishilar o’rtasida sodir
bo’ladigan xilma-xil aloqa va munosabatlar, ularning haqiqiy voqelikka, tabiatga
bo’lgan munosabatlari amaliyotda o’z ifodasini topadi. Amaliyot kishilarning
shunday faoliyatidirki, bu faoliyat jamiyatning yashashi va rivojlanishini
ta’minlaydi.
Inson o’zining amaliy faoliyatida tashqi olamga ta’sir etadi, uni o’z
ehtiyojlari asosida o’zgartiradi. Inson o’z amaliy faoliyati jarayonida ijtimoiy
munosabatlarni rivojlantiradi, moddiy boyliklar yaratadi, madaniyatni yuksaltiradi.
1
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari.-T.:“O’zbekiston”,1997.-72,84-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |