343
Millatlar esa yuqorida eslatib o’tilgan ijtimoiy-etnik belgilar bilan tavsiflanadi.
Ma’lumki, dunyoda yashayotgan etnoslarning ko’pchiligi o’z
milliy
davlatlariga ega emas. Shu sababli ko’p millatli va ko’p tilli mamlakatlarda o’z
davlatlariga nom bergan asosiy millat bilan bu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi
etnik ozchilik o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ichki siyosiy barqarorlik va milliy
xavfsizlikning hal qiluvchi shartlaridan biri bo’lib qolmoqda
1
.
Tarix saboqlari
shundan dalolat beradiki, agar mavjud ijtimoiy-etnik
guruhlar o’rtasida hamjihatlik, an’anaviy uyg’unlik vujudga kelgan bo’lsa,
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi. Millatlarning
va madaniyatlarning bir-
biriga ta’sir ko’rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ma’naviy-aqliy
boyishi uchun yaxshi manba bo’lib xizmat qiladi. Aksincha, ko’p elatli
davlatlardagi millatlararo munosabatlarda hamjihatlik, uyg’unlik mavjud bo’lmasa,
ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanishiga katta putur yetkazilishi tabiiydir.
SHuning
uchun ham ko’p millatli davlatlarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy-etnik birliklar
o’rtasidagi munosabatlarga juda ehtiyotlik va ziyraqlik bilan yondashish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida milliy o’zlikni angashning o’sishi o’z
davlatchiligiga ega bo’lmagan etnik guruhlar
tomonidan milliy ozodlik
harakatlarini keltirib chiqarishi tabiiy holdir. Milliy ozodlik harakatlarining asosiy
maqsadi — mustamlakachilik zulmini yo’q qilib, mustaqil milliy davlat tuzish,
millatlarning o’z taqdirini o’zi
hal qilishiga erishish, chet el davlatlari
hukmronligini tugatish,
milliy qadriyatlarni, odamlarning o’ziga xos xususiyatlari
va an’analarini saqlab qolishga qaratilgan ob’ektiv ehtiyojdir. “Har qanday millat,
u naqadar kichik bo’lmasin insoniyatning boyligidir va har qanday milliy
birlikning,
uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo’q bo’lib ketishi yer
yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga
olib keladi. Shu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning
1
Bu haqda qarang Бобоёров Б.Н. Национальная идентичность как этнокультурный
потенциал Узбекистана. “Высшая школа” научно –
практический журнал, №22, Уфа,
2017.С.24 – 27.