342
Ijtimoiy-etnik birlikning muhim tomonini madaniyat tashkil etadi.
Madaniyat tarixi jamiyat tarixining ajralmas bir qismidir. Madaniyat tushunchasi
inson faoliyati tufayli yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasini
ifodalash uchun ishlatiladigan atamadir.
Har bir xalqning madaniy boyligi, aql-idroki va tafakkuri, tarixi uning tilida,
yozma va og’zaki adabiyotida o’z ifodasini topadi. Til birligi millatning millat
bo’lib shakllanishida eng muhim shartlardan biridir. Til bo’lmasa el ham, millat
ham yo’q bo’ladi. Til millat tirikligining, uning yashab turganligi va faoliyat
ko’rsatayotganligining asosidir. Til odamlar o’rtasidagi eng muhim aloqa, muloqat
vositasigina bo’lib qolmay, balki u yoki bu milliy madaniyatning ulkan yutug’i,
xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayoti, ko’p asrlik rivojining
ko’zgusi hamdir. Til shu til egasi bo’lgan xalqqa kuch-quvvat, ruhiy barkamollik
beradi, unda milliy faxr-iftixorni shakllantiradi va rivojlantiradi.
Ijtimoiy-etnik guruhlar hayotining asosini iqtisodiy birlik tashkil etadi.
Millatlarning shakllanishida moddiy omillar, mushtarak iqtisodiy hayot kechirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy taraqqiyot kishilarning millat kabi tarixan
barqaror birligining vujudga kelishi uchun asos bo’ladi.
Millatning yana bir xususiyati shundan iboratki, mushtarak iqtisodiy hayot
kechirayotgan, ijtimoiy-etnik birliklari o’zaro qarindosh-urug’chilik belgilari bilan
emas, balki hududiy belgilar bo’yicha ajralib turadi. Yaxlit hududda istiqomat
qilish ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnatning tobora taqsilmanib borishi,
savdoning, tovar almashuvining o’sishi natijasidir.
Shunday qilib, millat kishilarning yagona tilda so’zlashishi, yaxlit hududda
istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va
ruhiyatga ega bo’lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligidir
1
.
Kishilarning milliy birligini davlat yoki irqiy birliklar bilan tenglashtirib
bo’lmaydi. Davlatlar bir irqdan yoki turli irqlardan tashkil topishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |