341
darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”
1
.
Urug’ — qonqarindoshlik zamirida birlashgan ijtimoiy — etnik birlikning
shakli bo’lib hisoblanadi. U ibtidoiy jamoa tuzumining boshlang’ich davrlarida
vujudga kelgan.
Qabila — ibtidoiy jamoa tuzumining so’ngi davrida qon-qarindosh bo’lgan
til va hududi jihatidan bir-biriga yaqin urug’larning ijtimoiy-etnik birligidir.
Elat — jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichida til, madaniyat, hududiy
birlik asosida bir necha qabilalar birligida yuzaga kelgan ijtimoiy-etnik shakli
hisoblanadi.
Millat — ijtimoiy-etnik birlikning jamiyat taraqqiyotining yuqori
bosqichlariga xos bo’lgan shakli hisoblanadi.
Ijtimoiy-etnik birliklar bir-biridan o’zining turmushtarzi, tili, tarixi,
madaniyati, urf-odatlari, iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra farq qiladi.
Har bir millatning qiyofasi, uning katta yoki kichikligidan qat’i nazar eng
avvalo, o’zining milliy ongi va psixologiyasida ifodalanadi.
Milliy psixologiya — har bir millat vakilining milliy his-tuyg’ulari, xatti-
harakatlari, ruhiy kechinmalari, psixik temperamenti va fe’l-atvorlari kabi
munosabatlarni namoyon etadi. Ma’lumki, milliy tuyg’u — bu tabiiy tuyg’udir.
Ayni paytda milliy tuyg’u ma’naviy hayotning juda ham nozik elementidir. Milliy
tuyg’ular esa milliy iftixor, milliy xarakter, ya’ni milliy psixologiyaning
belgilaridan biri, uning ajralmas qismidir.
Milliy his-tuyg’u milliy iftixor bilan bog’liqdir. U o’z millatining tarixini,
hozirgi ahvoli, milliy psixologiyasi va xarakterini ruhiy tushunish, emodional
shaklda mujassamlashishidir.
Milliy iftixor ham milliy o’zligini anglashning ko’rinishidir. Milliy o’z-
o’zini anglashning rivojlanishi bilan milliy iftixor, milliy his-tuyg’ular namoyon
bo’ladi.
1
Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.-T.:“O’zbekiston”,1992.-22-23-
betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |