Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
349
Etnik guruhlar, millatlararo munosabatlar masalasida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar qanday salbiy oqibatlarga olib kelganligini, nimalarda namoyon bo’layotganligini bilish, milliy masalada kelajakda bunday vaziyatlar takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularni keltirib chiqargan va keskinlashtirib yuborgan sabablarni chuqur va atroflicha idrok qilish milliy siyosat yuritishda katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda barqarorlik, tinchlikni saqlab, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda millat va elatlar o’rtasidagi do’stlikni kuchaytirish, ularning hamkorligani mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan har bir milliy madaniyatdagi yutuqlar, uning ijobiy, foydali tomonlarini doimiy ravishda o’rganish, ulardan keng va atroflicha foydalanish milliy madaniyatlarni o’zaro boyitishning, kishilarni baynalminal ruhda tarbiyalashning zarur yo’llaridan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida barcha etnik guruhlar va millatlar o’rtasida shu hududda yashaydigan har qanday odamga o’zini erkin va teng huquqli deb his qilish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Ularning fuqarolik, shaxsiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy huquqlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida kafolatlangan. Masalan, O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunida O’zbekiston Respublikasining hamma fuqarolari «ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg’ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar» teng saylov huquqiga ega deb yozib qo’yilgan. Shuningdek, O’zbekiston hududida yashaydigan etnik ozchilikning huquqlarini himoya qilish to’g’risida ham alohida ko’rsatib o’tilgan. Konstitutsiyada yozilganidek, “O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. Shuni alohida qayd etish lozimki, jamiyatimizda kundan-kunga mustahkamlanib borayotgan milliy hamjihatlik, milliy birdamlik nafaqat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling