352
Ijtimoiy hayotning o’zgarishi inson ijtimoiy amaliyoti tarzida sodir bo’ladi.
Jamiyatning rivojlanishi ob’ektiv qonunlar asosida kishilarning faol amaliy
faoliyati tufayli ro’yobga chiqadi.
Kishilar faoliyati tasodifiy ravishda ro’y beradigan ko’r-ko’rona jarayon
emas. Kishilar o’z oldilariga aniq maqsadlarni qo’yib, uni amalga oshirishga intilar
ekanlar, bu intilishlarning zaminida gavdalangan rivojlanish qonunlarini bilish
yotadi. Jamiyat taraqqiy etishi uchun faqat ob’ektiv shart-sharoitlarning o’zi kifoya
qilmaydi, buning uchun sub’ektiv omillar ham yetilgan bo’lishi zarur.
Jamiyat a’zolari qancha ongli bo’lsa, ya’ni sub’ektiv omil roli tez o’sib
borsa, jamiyat taraqqiyoti shunchalik tezlashadi.
Xalq ommasining bunyodkorlik faoliyati, avvalo uning moddiy boyliklar
yaratishda o’z ifodasini topadi. Inson ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy, ularni ishlab chiqaradigan murakkab mehnat qurollari,
asbob-uskunalar, texnologiyaning ijodkori - xalq ommasidir. yer yuzidagi barcha
shaharlar, qishloqlar, qadimgi dunyoning karvon yo’llarini, katta-katta inshootlar,
sug’orish kanallari va ko’priklarni xalq o’z mehnati bilan barpo etgan. Xalq
ommasi o’z mehnati bilan Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Toshkent,
Shahrisabzdagi va boshqa ulkan tarixiy obidalarni yuzaga keltirgan va
keltirmoqda.
Xalq ommasi jamiyatning barcha ma’naviy boyligini yaratuvchi kuch
hamdir. Kishilarning ma’naviy hayoti garchi ular moddiy turmushining in’ikosi
sifatida yuzaga kelgan bo’lsada, lekin u o’z navbatida butun ijtimoiy taraqqiyotga
g’oyat katta ta’sir ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyotida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi va takomillashuvida, mehnat unumdorligining o’sib borishida ilm-fan
va madaniyatning, inson aql-idroki va zakovatining qanchalik muhim ahamiyat
kasb etishini isbotlab o’tirishning hojati yo’q.
Xalq ommasining ijtimoiy taraqqiyotda hal qiluvchi kuch ekanligi uning
ijtimoiy-siyosiy faoliyatida ham namoyon bo’ladi. Xalq ommasi tarix davomida
bo’lib o’tgan barcha o’zgarishlarning hal qiluvchi kuchi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |