355
bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshi va o’tmishi bo’ladi»
1
.
Sivilizatsiyani turkumlashning turli asoslari ishlab chiqilgan.
Kishilik jamiyati rivojlanishining muayyan bosqichi asosida turkumlash:
neolit sivilizatsiyasi, nokapitalistik sivilizatsiya, hozirgi zamon sivilizatsiyasi.
Sivilizatsiya deganda ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tushunilgan:
ibtidoiy formatsiya, quldorlik va x.k.
Sivilizatsiya geografik jihatdan farqlanish asosida turkumlangan: Yevropa
sivilizatsiyasi, Osiyo sivilizatsiyasi.
Diniy mansublik asos qilib olingan: xristian sivilizatsiyasi, osiyo
sivilizatsiyasi.
Kelib chiqish, planetar mansublikka ko’ra: yer sivilizatsiyasi, yerdan
tashqari sivilizatsiya farqlangan.
Etnik asosga ko’ra farqlanadigan birliklar nazarda tutilgan: Qadimgi Misr
sivilizatsiyasi, Bobil sivilizatsiyasi.
Har qanday sivilizatsiya: 1) muayyan ijtimoiy ishlab chiqarish
texnologiyasiga; 2) takrorlanmas madaniyati, qadriyati, falsafiy qarashlari, odob-
axloq normalariga; 3) o’z hayotiy tamoyillariga ega bo’ladi. Bularning barchasi
sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bo’lishi uchun imkon yaratadi. Bu
sifatiy xususiyatlarning yo’qolishi sivilizatsiyaning halok bo’lishiga olib keladi.
Sivilizatsiya tushunchasi madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog’liq.
Ayrim olimlar, masalan, Shpengler sivilizatsiyani madaniyatning antipodi, deb
biladi va «sivilizatsiya madaniyat tanazzuli ifodasi» degan xulosaga keladi.
Sivilizatsiyani madaniyatga qarama-qarshi qo’yishning asoslari bor.
Sivilizatsiya ziddiyatli ijtimoiy jarayonlar tarzida kechgan va bu jarayonlar
oqibatida taraqqiyot bilan bir qatorda madaniyatlarning yemirilishi, boylik va
qashshoqlik kabi ijtimoiy hodisalar yuzaga kelishi kuzatilgan.
Sivilizatsiya muammosiga turlicha qarashlarni inkor etmagan holda, uning
madaniyat bilan aloqadorligini alohida ta’kidlash, sivilizatsiya insoniyatning
1
Qarang: G’arb falsafasi.-T.:«Sharq», 2004.-580-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |