Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

363
 
mansublik, milliy iftixor asta-sekin barbod bo’la boshlaydi. Ana shunday davlatni 
mustamlakachilik kishanlarida uzoq vaqtlar davomida ushlab turish, xalqni 
itoatkor qulga aylantirishi mumkin. Milliy g’ururi so’ndirilgan, madaniyati, tili 
kamsitilgan, haq-huquqi, erki, izzat-nafsi yerga urilib, ruhan ezilgan xalq va millat 
— mustamlakachilar uchun tayyor o’ljadir. CHor amaldorlari buni yaxshi 
bilganliklari uchun yerli xalqni madaniyat va ma’rifatdan bebahra qoldirish 
masalasiga birinchi darajali ahamiyat berganlar, bu yo’lda hech narsadan tap 
tortmadilar, rahm-shafqatni butunlay yig’ishtirib qo’ydilar. 
Sho’ro tuzumi — milliy birlik g’oyalari bilan sug’orilgan milliy ong o’sishi 
yo’lida turli g’oyalar tashkil etdi, milliy birdamlik, milliy tuyg’uning rivojlanishi 
va yuksalishiga millatchilik deb qaradi. Buni o’zbek xalqining tili, tarixi, 
madaniyati, xalq og’zaki ijodiyotiga qilingan qatag’onchilik siyosati misolida 
ko’rish mumkin. 
Madaniyat jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi. U quyidagi ijtimoiy 
funktsiyalarni bajaradi: 
1.Bilish funktsiyasi. Madaniyatda ko’p asrlik inson faoliyati davrida 
olamdagi narsa va hodisalarni bilish va ularni o’zlashtirish jarayonida to’plangan 
tarixiy tajriba mujassamlangan. 
2.Axborot uzatish funktsiyasi. Madaniyat bir avloddan ikkinchi avlodga 
ijtimoiy tajribani yetkazish shaklidir, ya’ni tarixiy vorislik funktsiyasini bajaradi. 
3.Muloqat funktsiyasi. Moddiy va ma’naviy tarixiy yodgorlikda o’z aksini 
topgan ma’lumotlarni qabul qilish jarayonida biz o’tmishdagi avlodlarning 
turmushi, ularning didi, madaniy darajasi, shuningdek, mazkur asarlarni bunyod 
etgan mualliflar bilan muloqatda bo’lamiz, shu davrning nafasidan xabardor 
bo’lamiz. 
4.Madaniyat inson axloq-odobi, xatti-harakatini tartibga solish vazifasini 
bajaradi. 
5.Madaniyat 
insoniy 
fazilatlarni 
shakllantiradigan 
gumanistik, 
insonparvarlik vazifasini bajaradi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling