Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

362
 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Namangan, Qo’qon va Toshkentdagi xalq 
ustalari ganch o’ymakorligi sohasida katta shon-shuhratga ega bo’lganlar. Bu 
san’at namunalarini qadimiy binolar, muhtasham saroylar, arklarning ichki va 
tashqi bezaklarida, devor peshtoqlaridagi o’simlik va hayvonlar tasvirlarida
lojuvard koshinlarda ko’rish mumkin. Nozik o’ymakorlik san’atini mukammal 
egallab olgan yuksak didli ustalar nafaqat ganchga o’yma naqshlar berish, balki 
jimjimador panjaralar va go’zal guldonlar ham yasay bilganlar. 
Musiqa san’ati — eng qadimiy va shu bilan birga o’zbek xalqi o’rtasida 
keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalardan biridir. Musiqa 
kishilarning his-tuyg’ularini, fikrlarini va kayfiyatlarini o’ziga xos tarzda ifoda 
etadi. 
Musiqa san’ati kishiga butun bir yuksak tuyg’ular, zavq-shavq, yangi 
g’oyalar olamini ochib beradi. Odamlarni ma’naviy jihatdan boy, sof va barkamol 
qiladi. Musiqa tufayli inson o’zida yangi, ilgari sezmagan kuch topadi, hayotga 
o’zgacha munosabatda bo’ladi. Musiqa insonni hayotni sevishga da’vat etadi. 
Musiqa, raqs, bayt, kuy, g’azal singari qo’shiqlar ham xalq hayoti bilan shu 
qadar yaqinlashib, qo’shilib ketganki, inson o’z hayoti, turmush tarzi va borlig’ini 
usiz tasavvur etolmaydi. 
Musiqa va qo’shiqning inson hayotida bu qadar keng o’rin olishi, uzoq 
yashashi, takomillashib, mazmunan boyib va chuqurlashib borishining sabablari 
bor. Chunki qo’shiq insonni mehnat qilishga, qiyinchiliklarni yengishga, ruhan 
tetik, 
bardam 
bo’lishga, do’stlarga vafodorlik, dushmanlarga nisbatan 
shafqatsizlikka undaydi. Kindik qoni to’qilgan ona Vatanni sevishga, uning barcha 
boyliklari bilan faxrlanishga da’vat etadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
nisbatan bo’lgan mehr-muhabbat, faxr-iftixorning shakllanishi va rivojlanishi ham 
ma’lum darajada unga bog’liq. 
Madaniyat inqirozga uchrab xalqning ma’naviyati barbod bo’lsa, odamlar 
e’tiqodlarida xalqparvarlik, vatanparvarlik kabi tuyg’ular so’na boshlaydi. Bunday 
joyda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, beparvolik boshlanadi, milliy 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling