359
qadimiy bosqichlariga borib taqaladi. Boshqacha aytganda, madaniyat insonning
kelib chiqishi bilan uzviy aloqadordir. Madaniyat tarixi jamiyat tarixining ajralmas
bir qismidir. Shuning uchun ham uning vujudga kelishi va rivojlanishini jamiyat
tarixidan, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan, moddiy boyliklar ishlab
chiqarish usulidan ajratib olish mumkin emas.
Madaniy taraqqiyotning umumiy qonunlaridan biri - uning to’xtovsiz
ravishda boyib borishi va rivojlanishidan iboratdir. Madaniyat taraqqiyotida
moddiy ishlab chiqarishning rivoji asos bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning
ishlab chiqarish usullarining almashinuviga qarab madaniyat ham sifat jihatidan
o’zgarib turadi. Jamiyatning taraqqiy etishi madaniyatning o’zgarishini talab
qiladi, madaniyatning yangilanishi esa o’z navbatida jamiyatning taraqqiy qilishiga
sabab bo’ladi.
Barcha moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari — inson aql-idroki,
iste’dodi va mehnati mahsulidir. Xalq ommasi madaniyat ijodkorigina emas, balki
uni to’xtovsiz ravishda boyituvchi, rivojlantiruvchi, avloddan-avlodga yetkazib
turuvchi hamdir.
Har bir ijtimoiy tuzum taraqqiyotida madaniyat o’ziga xos belgi va
xususiyatlarga ega. Kishilik jamiyatining har bir tarixiy bosqichi o’z madaniy
boyliklarini yaratadi va shu tariqa boshqasidan farqlanib turadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar umumsotsiologik qonunlar asosida bir-biri bilan
uzviy bog’lanishda bo’lganidek, madaniyatning tarixiy ko’rinishlari ham dialektik
aloqadorlik va o’zaro bog’lanishdadir. Madaniyatning bir tarixiy turidan
ikkinchisiga o’tish o’tmishda erishilgan madaniy yutuqlarning barcha qimmatli
tomonlarini uloqtirib tashlash, degan so’z emas.
Har bir avlod o’zi uchun maxsus yangi moddiy negiz tashkil etmaydi, ilm-
fan va madaniyatni yangidan yaratmaydi, balki o’zidan oldingi avlodlar tomonidan
yaratilgan manbadan, ishlab chiqarish kuchlaridan, moddiy va ma’naviy madaniyat
yutuqlaridan foydalanadi. Oldingi avlodlardan qolgan ishlab chiqaruvchi kuchlar
va ishlab chiqarish munosabatlari, madaniy boyliklar keyingi avlodlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |