Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
358
Aqlga ishlov berish, ma’naviy, ruhiy takomillashish, erk insonning haqiqiy ifodasidir. Keyinchalik madaniyat tushunchasi bilimdon, ma’rifatli, yuksak tarbiyali insonlarni ta’riflashda ham ishlatila boshlanadi. Madaniyat qo’pqirrali va sermazmun tushuncha bo’lib, u jamiyat taraqqiyoti davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilgan barcha moddiy va ma’naviy yutuqlarning majmuidir. Moddiy madaniyat deganda inson faoliyati tufayli yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya’ni ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollarini, mehnat ko’nikmalarini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklarni nazarda tutish lozim. Ma’naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo’lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya’ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif, ta’lim-tarbiya, maktab, o’rta va oliy ta’lim, fan, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalari, san’at, xalq ma’naviy ijodiyotining barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Inson amaliy faoliyatining har qanday turida ayni bir vaqtning o’zida uning ham aqliy, ham jismoniy mehnati ob’ektiv ravishda ishtirok etadi. Insonning amaliy faoliyatida, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birlashadi. Bironta ham mehnat qurolini, moddiy boylikning bironta ham turini inson aql-idroki va tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo’lmaydi. Inson amaliy faoliyatining har qanday turida ayni bir vaqtning o’zida uning ham aqliy, ham jismoniy mehnati ob’ektiv ravishda ishtirok etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish kishilar ma’naviy hayotining negizidir. Inson miyasida hech qanday fikr, hech qanday qarash va tushuncha o’z-o’zidan tug’ilmaydi va rivojlanmaydi, balki ularning hammasi moddiy sharoitlar, tabiiy omillar, tashqi ta’sirlar bilan uzviy bog’langan va jamiyatdagi moddiy jarayonning mahsuli sifatida vujudga kelgandir. Madaniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining eng |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling