Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
366
tomonlama kamoloti uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishdir. Bu esa avvalo, hozirgi zamon fani, texnikasi va madaniyatining hamma yutuqlarini egallashni taqozo etadi. Bu vazifani hal etishda faqat ona tilining o’zini bilish kifoya qilmaydi. Dunyodagi boshqa xalqlar va millatlarning tillarini bilish har bir shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun, jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyoti uchun zarur omilga aylanib bormokda. Boshqa tillarni bilish har bir ma’lumotli kishining burchidir. Har bir til millatning tarixini, ma’naviy boyliklarini, ijtimoiy hayoti, madaniyati va ruhiyatini yanada chuqurroq egallab olish uchun xizmat qiladigan oltin kalitdir. Til bilgan taqdirdagina millatning ruhini, uning qadr-qimmatini tushunish va baholash mumkin. Kimki boshqa millat va xalq tilini bilsa, u shu xalqning dilini ham anglaydi. Xalq o’rtasidagi birlik, axillik, mehr-oqibat va hurmat uning tili va madaniyatini bilishdan boshlanadi. Ko’p tilni bilish o’zini madaniy kishi deb hisoblashni orzu qiladigan har bir inson uchun farzdir. Ingliz, arab, nemis, frantsuz, italyan yoki boshqa tillarni bilish dunyo madaniyati xazinasiga yo’l ochadi. Shu tillarni bilmaslik ilg’or fan, texnikani, xalqlar madaniyatini o’rganishda ancha mushkullik tug’diradi. O’zbekistonda hozirgi paytda yoshlar maktablar va oliy o’quv yurtlarida rus, ingliz, frantsuz, nemis, ispan tillari bilan bir qatorda bizga qadimdan madaniyati, dini, tarixi va urf-odatlari yaqin bo’lgan Sharq xalqlari tillarini ham katta qiziqish bilan o’rganmoqdalar. Arab, fors, hind tillarini bilish Eron, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari dunyoning bir necha milliard aholisi yashaydigan mamlakatlar bilan munosabatimizni yaqinlashtirish va yaxshilashga sabab bo’ladi. Jahon fani va madaniyatining bebaho xazinalaridan bahramand bo’lish o’zbek xalqi tili va madaniyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar negizida kuchaytirishda beqiyos o’rin tutadi. Bularning hammasi O’zbekiston davlat mustaqilligining iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy asoslarini mustahkamlashda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. O’zbekistonda istiqomat qilayotgan boshqa millat va elat vakillari davlat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling