Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
364
Madaniy yuksalish mezonlari xilma-xil bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi: jamiyat taraqqiyotida yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning ko’lami va miqdori, ularning tarqatilish darajasi, insonlar tomonidan o’zlashtirilishi; ma’naviy madaniyatning barcha turlarining bir tekis taraqqiy etishi; madaniy qadriyatlardan bahramand bo’lishda barcha kishilarning ishtirok etishi; madaniyat durdonalarini yaratishda aholining barcha qatlamlarining keng va ongli ravishda ishtirok etishi; kishilarning madaniy yuksalishga o’z hissalarini qo’shish uchun jamiyatda barcha imkoniyatlarning mavjudligi. O’zbek xalqi jahon madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan, o’zining ko’p asrlik boy va rang-barang madaniyatiga egadir. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin o’tgan qisqa tarixiy muddat ichida mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan juda katta o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Mustaqillik xalqimiz madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga ham keng yo’l ochib berdi, toptalgan, kamsitilgan milliy g’ururimiz, insoniy sha’nimiz, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga qayta hayot bag’ishladi. Mustaqillikka o’tish jarayonida birinchi navbatda odamlarning dunyoqarashi o’zgardi, g’urur, oriyat, sha’n va nomus tuyg’ulari kuchaydi, hayotga, mehnatga, Vatanga, el-yurtga munosabat o’zgacha tus oldi, milliy- ma’naviy muhit sog’lomlashdi, milliy o’zligini anglash kuchaydi. Bir vaqtda sun’iy ravishda kamsitilgan sharqona urf-odatlar va an’analar yana odamlar hayotidan o’rin ola boshladi, o’zbekona mehr-oqibat, hurmat-izzat, mehr- muruvvat, o’zgalar dardiga hamdardlik qilish singari olijanob fazilatlar qayta tiklana boshladi, avlod-ajdodlarimiz merosiga egalik qilish hissi kuchaydi. Boshqacha aytganda, madaniy-ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi. Xalqning boyligi, aql-idroki va tafakkuri, tarixi va madaniyati uning tilida, yozma va og’zaki adabiyotida o’z ifodasini topadi. Ana shu ma’noda olganda, til |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling