367
tiliga katta hurmat va e’tibor bilan qarashlari, uni o’rganishlari zarur.
O’zbekiston ko’p millatli davlatdir. Hozir O’zbekistonda yashayotgan
qardosh xalqlar va millatlar vakillarining o’zbek xalqi tili, tarixi, madaniyati,
an’analarini, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk ulushini
o’rganishlari uchun qulay imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilgan.
O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi boshqa millat va milliy til
sohiblarining Konstitutsiyamizda belgilangan huquqlarini kamsitmaydi.
O’zbek tili inson faoliyatining hamma sohalari uchun, eng murakkab ilmiy
tushunchalarni va inson qalbining eng nozik tuyg’ularini ifodalash uchun boy
imkoniyatlarga ega bo’lgan tillardan biridir.
O’zbek tili bu qadar qadimiy va yetuk, imkoniyatlari bitmas-tuganmas
bo’lmaganda, unda ilmiy, falsafiy, badiiy tafakkurning bunchalik ko’p va jozibali
durdonalari yaratilmas edi. Bunga buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning ona
tilining xazinalarini ochib, bu tilning ham badiiy, ham ilmiy asarlar yaratish uchun
boy va to’la imkoniyatlariga ega ekanligini namoyon qilib, so’z san’atining
«Xazoyinul maoniy», «Hamsa», «Lisonut-tayr», «Mahbubul-qulub» kabi o’lmas
obidalarini «Majolisun-nafois», «Mezonul-avzan» va «Muhokamatul-lug’atayn»
singari qimmatli ilmiy asarlar yozib qoldirganligi misol bo’ladi.
Madaniyat va ma’naviyat o’z xalqining tarixini chuqur bilish va tushunib
yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarix xalq xotirasidir. Xotirasiz
barkamol inson bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham
bo’lmaydi.
Tarix — xalqqa bilim, ma’rifat, ta’lim-tarbiya beradi. Tarix odamlarni
o’ylashga, voqealarni chuqur ilmiy tahlil qilishga, sodir bo’lgan voqea va
jarayonlardan bugungi kun va istiqbol uchun tegishli xulosalar chiqarib olishga
yordam beradi. Ota-bobolarimiz donoligini tushunishimizda qo’hna tariximiz,
betakror madaniyat, ma’naviy merosimiz, ajoyib-g’aroyib obidalaru, asori-
atiqalarimiz qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi.
O’zbek xalqi o’zining uch ming yillik boy tarixi bilan har qancha faxrlansa
Do'stlaringiz bilan baham: |