370
asrlardagi tarixi deyarli o’rganilmay qoldi.
Shaxsga sig’inish davrining qonuniy davomi bo’lgan turg’unlik yillarida
buyuk davlat arbobi, dovyurak sarkarda, benazr olim va san’atkor, dunyoda taniqli
adib va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning shaxsiga qarshi hujumlar qilindi.
Bobur faoliyatining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsitilib va tahqirlanib, u
«zolim» va «bosqinchi» sifatida baholandi.
Buyuk mutafakkir vatandoshimiz Bobur aslida bizlar uchun o’zining nodir
«Boburnoma» asari bilan qadrlidir. U har doim va hamisha Vatan ishqi bilan
yashadi. Hindistonda bo’lgan paytlarida 700dan ortiq mustaqil jamoani yagona
davlatga birlashtirdi, yurtni obod qildi, maorif va madaniyatni rivojlantirdi. Bobur
asos solgan buyuk boburiylar sulolasi hind xalqi tarixi rivojiga benihoya katta
ulush qo’shdi. Shuning uchun ham ular Boburni Hindistonning asl farzandi sifatida
ulug’lashadi. Hindistonning davlat arbobi va faylasufi Javarharla’l Neru
«Hindistonning kashf etilishi» va «Dunyo tarixiga bir nazar» kitoblarida Bobur
shaxsiyati va boburiylarga yuksak baho berib, Bobur dilbar shaxs, Uyg’onish
davrining ajoyib sultoni, kuchli tadbirkor kishi bo’lib, san’atni, go’zallikni sevardi,
degan edi.
Mustaqillik bizga ma’naviy mulkimizni, tariximizni, ulug’ bobolarimiz
ruhini shod etish imkoniyatini qaytarib berdi. Istiqlol tufayli o’tmish tariximizga
munosabat ijobiy tomonga o’zgardi. Alloma bobolarimiz meroslarini o’rganib
idrok etmoqdamiz.
Bugungi
kunda
avlod-ajdodlarimiz
tarixi
tiklanayotganligi
mustaqilligimizning ajoyib samarasidir. O’zbek xalqining bir necha ming yillik
tarixiga oid darsliklar yaratilmoqda. Xalqimizning kechmish tarixi va hayotini
o’zida mukammal aks ettiribgina qolmay, ushbu asarlarning o’z ona tilimizda ilk
bor nashr etilayotganligi quvonchimizga quvonch qo’shmoqda. Sharafiddin Ali
Yazdiyning «Zafarnoma», Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» kitoblarini zo’r
intizorlik bilan kutib oldik. Abu Toxir xoja Samarqandiyning qalamiga mansub
bo’lgan «Samariya», Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Muhammad Yusuf
Do'stlaringiz bilan baham: |