Z. M. Bobur tavalludining 538 yilligiga bag’ishlangan "Bobur dilbar shaxs" mavzusida ma’ruza


Download 1.13 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1160664
Bog'liq
Bobur bayonnoma


Sharisabz tumanidagi 63-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 2020-yil fevral oyida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o’rganish borasida
“Bobur – dilbar shaxs” shiori ostida o’tkazilgan “G’azalxonlik” kechasi
B A Y O N N O M A S I
13.02.2021-yil Sayyod qishlog’i
Yig’ilish raisi: Z.Mallayev
Yig’ilish kotibi: S.Tuxtamishov
Q A T N A SH D I L A R :
MMIBDO’ : J.Musurmonov
Ona tili va adabiyot o’qituvchisi: A.Safaraliyev
Geografiya fani o’qituvchisi : F.Eshquvatova
Yoshlar ittifoqi yetakchisi: V.Boboyeva
Kutubxonachi : Yu.Avlayeva
Maktabning 8-9-sinf o’quvchilari
KUN TARTIBI:

  1. Z.M.Bobur tavalludining 538 yilligiga bag’ishlangan “Bobur – dilbar shaxs” mavzusida ma’ruza.

Ma’ruzachi: Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi S.Tuxtamishov

  1. “ Bobur – shoh va shoir” mavzusida ma’ruza.

Ma’ruzachi: 9-sinf o’quvchisi Sayfullayeva Ramziya

  1. Bobur hayoti va ijodi bo’yicha g’azalxonlik va savol-javob.

8-9 sinf o’quvchilari

E SH I T I L D I :

Birinchi masala yuzasidan ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi S.Tuxtamishov Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligini keng va ko’tarinki ruhda nishonlash, uning shoh va shoir sifatida faoliyatining ahamiyatli tomonlari va “Boburnoma”, “Muxtasar” va “Mubayyin” kabi asarlarini o’zbek va jahon adabiyotida tutgan o’rni yuksakligi haqida gapirib o’tdi.. Bundan tashqari Boburning siyosiy faoliyati, uning naqadar dilbar shaxs ekanligini, bu buyuk zot hech qachon xotiramizdan, butun jahon adabiyotidan, xalqimiz qalbidan chiqmasligi, uning g’azallari sevib mutola qilinishi va kuylarga solib hofizlarimiz tomonidan ijro etilayotganligini ta’kidlab o’tdi. Bobur ikki tilda o'zbek va tojik tillarida erkin ijod etganligi. U o'zbekcha she'rlarini to'plab, 1519 yilda Kobulda, 1528- 1529 yilda Hindistonda devonlar tuzdi. Bu ikki devon o'sha joylar nomlari bilan «Qobul devoni», «Hind devoni» deb ataladi. Qobul devoni topilgan emas. Bizgacha yetib kelgan she'rlarining umumiy soni 400 dan ortadi. Shundan 119 tasi g'azal, 231 tasi ruboysi yetib kelganligi ma’lum..
Ikkinchi masala bo’yicha 9-sinf o’quvchisi G’ayratova Laylo “ Bobur – shoh va shoir” mavzusidagi ma’ruzasida Boburning naqadar betakror shaxs ekanligi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, shoirning asarlari haqida gapirib o’tdi. Uning buyuk “Boburnoma” asari haqida ham gapirib, bu asarda Bobur o’zini real tasvirlaganligi, asarda tilshunoslik, tabiatshunoslik, o’simlikshunoslik va bundan tashqari bir qancha fanlarga oid ma’lumotlarni ham keltirib o’tganligini ta’kidladi. Bobur ijodi butun dunyo olimlari tomonidan hali hamon o’rganilayotgani, ilmiy tadqiqotlar,monografiyalar, unga atab badiiy asarlar yaratilayotganligini gapirib o’tdi.

Shundan so’ng o’quvchilar Bobur hayoti va ijodi bo’yicha o’z bilimlarini namoyish qildilar. 8-9 sinf o’quvchilari o’zaro bilimlarini sinadilar. “G’azalxonlik” musobaqasi bo’lib o’tdi va har ikkala jamoa shoirning ko’plab g’azallarini aytdilar. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Shoir haqida o’quvchilarning bilimi yanada mustahkamlandi va yangi ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Ushbu yig’ilishda Z.Mallayev so’zga chiqib Z.M.Bobur haqida fikr-mulohazalarini bildirdi va ushbu tadbir namunali bo’lganligini hamda keyingi tadbirlar ham yanayam yuqori saviyada o’tkazilib borilishini ta’kidladi.

Q A R O R Q I L I N D I :

  1. Z.M.Bobur tavalludining 538 yilligiga bag’ishlangan “Bobur – dilbar shaxs” mavzusida ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi S.Tuxtamishovning ma’ruzasi asos uchun qabul qilinsin.

  2. VIII va IX sinf o’quvchilari Bobur tavalludining 538 yilligiga bag’ishlangan “Bobur – dilbar shaxs” shiori ostida o’tkazilgan “G’azalxonlik” kechasiga faol ishtirok etganligi bildirilsin.

  3. Maktab miqyosida bo’ladigan tadbirlarda o’quvchilar faol ishtirok etishi va buni nazorat qilish MMIBDO’ J.Musurmonov zimmasiga yuklatilsin.



Yig’ilish raisi: Z.Mallayev
Yig’ilish kotibi: S.Tuxtamishov
Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling