368
arziydi. U jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga shu qadar ko’p hissa qo’shganki,
buni dunyo allaqachon tan olgan. Movarounnahr xalqlari dunyoga Abu Nasr
Forobiy, Muhammad Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al
Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur singari allomalarni yetishtirib
bergan. Ahmad Yassaviy, Ismoil Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Termiziy, Xo’ja
Axror kabi ulamolar xalqimiz g’ururidir.
O’zining yuksak madaniyati, buyuk allomalari, dovyurak sarkardalari bilan
dunyoga ma’lum va mashhur bo’lgan Turkiston xalqlarining, jumladan
o’zbeklarning tarixi mustabid tuzum davrida haddan tashqari soxtalashtirildi.
Uzoqqa bormasdan, Amir Temur bobomizga bo’lgan munosabatni,
temuriylar davriga berilgan soxta, g’ayri-ilmiy baho nimadan iboratligini olib
ko’raylik. Ming afsuski, o’tmishda Amir Temurga nisbatan “qonxo’r”,- “jallod”,
“bosqinchi”, “el-yurtni talagan” deya jar solindi. Ulug’ bobomiz shaxsi va
faoliyatiga berilgan bunday “ilmiy baholar” kitoblardan-kitoblarga ko’chaverdi.
Hatto shunday “mukammal” ilmiy, badiiy, falsafiy-tarixiy asarlarga katta-katta
mukofotlar ham berildi.
Amir Temur yovuzlikda Napoleon va Gitlerga tenglashtirildi. Uning
Yevropa va Osiyo xalqlari, butun dunyo oldidagi buyuk tarixiy xizmatlari haqida
lom-lim deyilmadi. Amir Temur shaxsiga baho berilganda tirnoq ostidan kir
qidirib, faqat salbiy tomonlarini ko’rishdi. Holbuki, O’rta Osiyoning mo’g’ullar
zulmidan ozod qilinishi va qaytadan markazlashtirilishi, o’zaro feodal urushlarning
tugatilishi, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’atning, hunarmandchilik, savdo-
sotiq,
ziroatchilikning
gullab-yashnashi,
Samarqand,
Buxoro,
Toshkent,
Shaxrisabzda, umuman Movarounnahrda, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya,
Arabistonda qanchadan-qancha binolar, qasrlar, masjid-madrasalar, hashamatli
me’morchilik obidalari qurilishi, ajoyib bog’lar, rastalar, suv inshootlarining
tashkil etilishi, savdo yo’llarining ochilishi amir Temur va temuriylar nomi bilan
bog’liq.
Jahongir Amir Temur barpo etgan qudratli markazlashgan davlat turkiy
Do'stlaringiz bilan baham: |