371
Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshoxiy», Ishoqjon Junaydulloxo’ja o’g’li
Ibratning «Farg’ona tarixi» nomli nodir kitoblarini mutolaa qilish imkoniyatiga ega
bo’lganligimiz sababli xalqimizning uzoq o’tmish hayoti haqida qimmatli
ma’lumotlar, qiziqarli voqealar, tarixiy haqiqatni bilib olmokdamiz.
Endilikda o’tmishimizning ko’pgina sahifalari hujjatlar, qo’lyozma
materiallari, birinchi manbalar asosida tiklanayapti.
Mustabidlik zamonida xalqimiz xotirasidan ataylab o’chirilgan mo’’tabar
insonlarning nomlari birin-ketin tiklanayapti. Akmal Ikromov, Fayzulla Xo’jaev,
Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat va Usmon Nosir kabi
Vatanimiz, millatimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan o’nlab siymolarning
ma’naviy meroslari bugun xalqimiz bisotiga qaytmoqda.
Qatag’onchilik avjiga mingan yillarda qat’iyan man etilgan Abdurauf
Fitratning «Hind sayyohining qissasi», «Turkistonda ruslar», «Qiyomat» nomli
asarlari va qo’plab she’rlari, Abdulhamid Cho’lponning «Kecha va kunduz»
romani, «Yorqinoy» nomli dramatik asari, «O’zbegim», «Xalq», «Buzilgan
o’lkaga» nomli va boshqa qo’plab she’rlari, Usmon Nosir va Abdulla Qodiriy
asarlari hozirgi mustaqillik davrida xalqimizning qo’ldan qo’ymay o’rganadigan
asarlaridan bo’lib qoldi.
Pok nomlari tiklangan minglab kishilar orasida O’zbekistonga ko’p yillar
samarali xizmat qilgan, mustaqillik poydevoriga munosib g’isht qo’ygan,
xalqimizning atoqli farzandi Sharof Rashidovning ham nomi borlig’i oqilona
siyosat natijasidir.
Mustaqillik sharofati ila tiklanib qaddini rostlayotgan, to’xtovsiz rivojlanib
borayotgan milliy madaniyatimizning jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtirish,
insonni ma’naviy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, kamol toptirishdagi ahamiyati
benihoya katta.
Xalqimizning qaddini rostlab olishi, o’z-o’zini anglashi, tarixni harakatga
keltiradigan buyuk kuchga aylanishi madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga, jumladan,
insonning ma’naviy-axloqiy kamolotiga ham ma’lum darajada bog’liq ekanligi
Do'stlaringiz bilan baham: |