Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

379
 
muhofaza etilishini kafolatlaydi. 
Insonning hayotida madaniy-ma’naviy qadriyatlar katta o’rinni egallaydi. 
Unga ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy 
xizmat, madaniy meros, diniy qadriyatlar turli shakllarda namoyon bo’ladigan 
madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, 
noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi. 
O’rta Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot va san’atning 
markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lkada yetishib chiqqan mutafakkirlar jahon 
ilm-fani va madaniyatini o’z kashfiyotlari va o’lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, 
yuqori cho’qqiga ko’tardilar, uning keyingi taraqqiyotiga samarali ta’sir 
ko’rsatdilar. 
Axloqiy qadriyatlar kishilarning bir-biriga, o’zlari mansub jamoaga, Vatanga 
nisbatan tarkib topgan munosabatlarini ifodalaydi.
Axloq muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, me’yor, qoida va tamoyillar 
majmuasidir. Kishilarning o’zaro munosabatlarida mavjud xatti-harakat, odob, 
me’yor va qoidalarning yig’indisidan tashkil topgan axloq tushunchalariga 
yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha’n (or-nomus), baxt, adolat, ideallik 
kabilar kiradi. Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har bir 
xatti-harakati yaxshilik kategoriyasi nuqtai-nazaridan baholanadi.
Burch — kishining Vatan, xalq, jamoa, oila bilan o’zaro munosabatlarida 
o’z oldidagi majburiyatlar va ma’suliyatni sezishi, ularga nisbatan sadoqatini 
ifodalaydi. 
Vijdon — kishining xatti-harakatiga o’zining munosabatini, kishining xulq-
odobi uchun ma’naviy ma’suliyat hissini ifodalaydi. Sha’n tushunchasi jamiyat 
beradigan ijtimoiy bahoni belgilovchi va shaxs qadr-qimmatini ifoda qiluvchi 
kategoriyadir.
Baxt tushunchasi insonning ijtimoiy va shaxsiy hayotidagi o’z faoliyati, 
ro’yobga chiqqan orzu-istak va maqsadlaridan mamnunligini bildiradi. Axloq 
kategoriyalari insonning yurish-turishiga baho beradi. Uni jamiyatda mavjud 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling