Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
382
Ular hamisha bir-birlariga og’a-ini, quda-qudag’ay bo’lganlar, hozir ham bahamjihat, totuv hayot kechirmoqdalar. Mazkur xalqlarning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, savdo-sotiq munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimdan bir ma’naviy-ruhiy iqlimda nafas olib kelgan xalqlarimiz tariximizning, ayniqsa, bugungi ma’suliyatli davrida aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g’urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr-oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotning o’zi taqozo qilmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmun jihatidan chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi bironta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon sivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning madaniy-ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Shu sababli barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanishi, tarixi bir-biri bilan chambarchas bo’lib ketgan. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari yer yuzida ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollanish poygasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon okeani resurslarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar kiradi. Qadriyatlarning jamiyat taraqqiyoti, inson hayotiga ko’rsatadigan ta’siri nuqtai nazaridan progressiv va reaktsion qadriyatlariga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, madaniyati va ma’naviyatining ilgari qarab rivojlanishiga, milliy axloq, odob, urf-odat negizlarida komil insonni tarbiyalashga, mustaqil respublikamizni har tomonlama mustahkamlab, jahon sivilizatsiyasiga qo’shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlar — bu progressiv |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling