Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

385
 
taraqqiyotga erishishning o’ziga xos yo’lini tanlagan. Shuning uchun ham uning 
jahon hamjamiyatidagi obro’ va e’tibori tobora ortib bormoqda. Barqarorlik, 
tinchlik, totuvlik — mustaqillik tufayli qo’lga kiritilgan eng katta yutug’imizdir. 
Shunday ekan, bugungi kunda ularni qadrlash, avaylab-asrash, himoya qilish — 
barchamizning eng dolzarb, eng olijanob vazifamiz bo’lib qolmog’i kerak. 
Ma’lumki, jahon xo’jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini, shakllantirish 
muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti 
talablariga to’liq javob bera oladigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo’lga 
qo’yish katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan ilmiy 
asoslab berilgan va hozirgi kunda izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgan 
iqtisodiy islohotlar strategiyasi qo’l kelmoqda. O’zbekiston rang-barang yer osti va 
yer usti boyliklariga ega. Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlar yo’li 
yetakchi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi 
rivojlangan eng yirik mamlakatlar tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik 
tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. BMTning iqtisodiy muassasalari, Jahon 
banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy 
taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog’liqni 
saqlash tashkiloti kabilar shular jumlasiga kiradi. Respublikamiz rahbariyati O’rta 
Osiyo va MDH davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tabiiy, moddiy 
qadriyatlarimizni birga baham ko’rish sohasida ham katta amaliy ishlar qilmoqda. 
Bularning bari jamiyatimizning jahon xo’jaligiga qo’shilib, iqtisodiy yuksalishida 
katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Xalqimizning rang-barang va boy madaniyati jahon xalqlari madaniyatining 
ajralmas qismidir. Ko’p asrlar davomida shakllanib, mazkur xalqning ma’naviy 
boyligini, uning urf-odatlari, an’analarini mujassamlashtirgan ma’naviyat ayni 
vaqtda umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi va shu tariqa u 
jahondagi barcha xalqlarning ma’naviy boyligi ham bo’lib hisoblanadi. Yuksak 
milliy madaniyat, ma’naviyat hamma vaqt jahon xalqlarini bir-biriga 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling