Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

383
 
qadriyatlarni tashkil etadi. Aksincha, respublikamiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy, ma’naviy muammolarni hal etishga to’sqinlik qiladigan 
hodisalar reaktsion qadriyatlarga kiradi. 
Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni 
avaylab-asrash va muhofaza qilish barchamizning burchimizdir. “Fuqarolar 
O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga 
majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”
1
, deb yozib 
qo’yilgan Konstitutsiyamizda. 
Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash millatning o’ziga hurmat bilan 
qarashning asosiy bo’g’inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy 
qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklar bilan 
qo’shilib, taraqqiyotimizni tezlatadi, g’oyaviy va ma’naviy poklanishni 
ta’minlashga ko’maklashadi. 
Qadriyatlarning barcha turlari insonning farovon hayot kechirishi, erkin 
yashashi, ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo’lib 
hisoblanadi. Shuning uchun ham qadriyatlarni avaylab-asrash, ularni qo’riqlash, 
yuksaltirish har bir shaxs hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham albatta katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Bashariyat ko’p ming yillik tarixi davomida erkin, baxtli va go’zal hayot 
kechirish uchun zarur bo’lgan xilma-xil qadriyatlarni yaratdi, inson, uning huquqi 
va erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar, siyosiy tashkilotlarni bunyod etdi. 
Insonning go’zal yashashi uchun zarur bo’lgan badiiy-estetik qadriyatlarni 
rivojlantirdi, kishilarning bir-biriga va jamiyatga bo’lgan munosabatlarini belgilab 
beradigan axloqiy qoidalar majmuini joriy etdi va hokazo.
Mazkur ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar jamiyat 
taraqqiyotida 
salmoqli 
o’rin egallab, kishilarning insoniy fazilatlarini 
yuksaltirishda katta xizmat qilib kelmoqda. Lekin, shu bilan bir qatorda, inson o’zi 

1
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:“O’zbekiston”, 2018.-17-bet.







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling