Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

377
 
Mazkur ta’rifdan ko’rinib turganidek, qadriyatlar, birinchidan, voqelikda 
mavjud bo’lgan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalarini ifodalaydi; ikkinchidan, 
ularni qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari
manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlari bilan belgilanadi; uchinchidan, tabiat va 
jamiyat ne’matlari, hodisalarning qadriyat turkumiga kiritilishining asosiy sababi 
— kishilar ularni qadrlaydilar, avaylab-asraydilar, chunki bu qadriyatlar ularning 
shaxsiy va ijtimoiy turmushlarini boyitadi. 
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, kishilarning amaliy faoliyati 
jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohadagi, 
avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan 
narsa va hodisalar majmui bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. So’ngra asta-sekin 
sub’ekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqil soha tarzida amal qila 
boshlaydi. 
Tabiat va jamiyat hodisalari inson faoliyati natijasida, uning ehtiyojlarini 
qondirganligi tufayli qadriyat sirasiga kiritiladi. Insonning manfaatlari, 
ehtiyojlarini qondira olmagan, orzu-istaklari, ideallariga mos kelmaydigan tabiat 
va jamiyat hodisalarini qadriyatlar deb hisoblash noo’rindir. Masalan, tabiatdagi 
qazilma boyliklar inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatila boshlagandan 
keyingina qadriyatga aylanadi. Shungacha ularni tabiiy boyliklar deb 
hisoblashimiz lozim. 
Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra, bir necha turga bo’linadi. Jumladan, 
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo’q joyda biron 
narsaning qadr-qimmati haqida so’zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson 
qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimli va madaniy 
saviyasini rivojlantirish, sog’lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish, davlatimiz 
siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi.
Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlarning, islohotlarning barchasi 
kishilar hayoti to’q, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini chinakam erkin his etishi, o’z 
mehnatining, o’z taqdirining, o’z mamlakatining egasi bo’lishini ta’minlashga 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling