Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

356
 
yovvoyilik va varvarlikdan keyingi madaniy taraqqiyot bosqichi ekanligini 
e’tiborga olmoq lozim. 
Sivilizatsiya 
madaniyatlar 
xilma-xilligi 
asosida 
shakllanadi. 
Madaniyatlarning turli-tumanligi ular orasidagi umumiylikni inkor etmaydi. 
Madaniyatning insonparvarligi tamoyili ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Ayni 
vaqtda madaniyatlar o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatadi va bu ta’sir madaniyatlar 
taraqqiyotida o’z ifodasini topadi. 
Sivilizatsiya inson va jamiyatning taraqqiyotini ifodalaydi. sivilizatsiya 
inson va jamiyatning o’zgartuvchilik faoliyati mahsuli. Demak, sivilizatsiya 
madaniyatning konkret namoyon bo’lishini, uning real mavjud hayotini aks 
ettiradi. Sivilizatsiyaning madaniyatsiz, madaniyatning sivilizatsiyasiz mavjud 
bo’lishi mumkin emas.
1.Sivilizatsiya jamiyatni ijtimoiy tashkil etish usuli hisoblanadi. 
2.Sivilizatsiya avval boshdanoq progressiv taraqqiyot sifatida yuzaga kelgan. 
Bu taraqqiyot ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog’liq tarzda 
kechgan. Agar varvarlik davrida eng qadimgi odamlar uyushuvi tabiiy asosga 
tayangan bo’lsa, sivilizatsiya odamlarning ijtimoiy jihatdan uyushuvini keltirib 
chiqaradi. 
3.Sivilizatsiya ijtimoiy boyliklarni ishlab chiqarish va tobora ko’paytirib 
borishdan iborat murakkab ijtimoiy jarayon.
Sivilizatsiya ortiqcha mahsulotning, ijtimoiy boylikning vujudga kelishi 
bilan bog’liq ravishda amalga oshdi. Aynan ortiqcha mahsulot, boylikning paydo 
bo’lishi oqibatida mehnat taqsimoti chuqurlashdi, aqliy mehnat jismoniy 
mehnatdan ajralib chiqdi, ilmiy bilimlar shakllandi, fan, falsafa, san’at vujudga 
keldi. Ijtimoiy boylik deganda moddiy ne’matlar ko’rinishidagi boylik bilan bir 
qatorda ma’naviy qadriyatlarni ham hisobga olmoq lozim. Moddiy boyliklarning 
tobora ko’payib borishi bo’sh vaqt boyligining shakllanishiga olib keldi. Bo’sh 
vaqt jamiyat va inson taraqqiyotining muhim omili bo’lib hisoblanadi. Jamiyat 
taraqqiyoti, boyliklarning tobora ko’payib borishi madaniyatli ijtimoiy 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling