Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
348
hodisalar milliy va millatlararo munosabatlarning holatiga keskin ta’sir ko’rsatdi. Ana shu salbiy hodisalarning hammasi har xil millatchilik kayfiyatlarining namoyon bo’lishi, millatlararo nizolar vujudga kelishi uchun negiz yaratdi. Mustaqillik tufayli jamiyatimizning barcha sohalarida sodir bo’layotgan tub sifat o’zgarishlar millatlar va millatlararo munosabatlarni takomillashtirilishiga qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda shulardan to’liq foydalangan holda milliy va millatlararo munosabatlar sohasidagi barcha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish ustida muntazam ravishda ko’pgina ijobiy ishlar qilinmoqda. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, millatlararo munosabatlar sohasida muayyan, noantagonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil davlatlarning qaror topish davri uchun real hodisadir. Lekin mavjud ziddiyatlarning xalqlar va davlatlarning xavfsizligiga tahdid soladigan fojiali oqibatlarga olib boruvchi millatlararo mojarolarga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Milliy va millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni hal qilishda mintaqadagi etnik-nufus vaziyatni, aholining polietnik tarkibini hisobga olish katta ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonning tub aholisi — o’zbeklardir. Shu bilan birga, mamlaktimizda qoraqalpoqlar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, tatarlar, ozarbayjonlar, boshqirdlar, uyg’urlar, slavyan xalqlaridan — ruslar, ukrainlar, beloruslar, shuningdek, polyaklar, chexlar, slovaklar, forslar, pushtunlar, balujlar, koreyslar, armanlar, yahudiylar va boshqa millatlar vakillari istiqomat qiladi. Ularning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish uchun respublikamizda qator chora-tadbirlar qilinmoqda. Ona tilida ta’lim olish borasidagi ehtiyojlari to’laroq qondirilmoqda. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, madaniyat va ma’naviy boyliklarni taqsimlash masalalarida ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanilmoqda. Milliy tillarda ro’znomalar, kitoblar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa adabiyotlar nashr etilmoqda. Ko’pchilik millatlarning ehtiyojlarini hisobga olib teleko’rsatuv va radio eshittirishlar ko’paymoqda, milliy madaniyat markazlari ochilmoqda. Boshqa millatlarning vakillari davlat va jamoat ishlariga jalb qilinmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling