346
himoya qilish, ular turmushining an’anaviy shakllariga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo’lish, qatag’onga uchragan va zo’rlab ko’chirilgan xalqarning
huquqlarini tiklash, mana shu zo’ravonlik harakatlari oqibatlarini bartaraf etish,
ularga zaruriy yordam berish;
-milliy ekstremizm, shovinizm, irqchilik, fuqarolarning millatlariga yoki
tiliga, turmush yoki yashash joyiga qarab kamsitilishining har qanday ko’rinishiga
qarshi kurashish;
-har qanday ko’p millatli davlatning milliy xavfsizligini ta’minlash va
qo’riqlash.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan munosabatlarning barchasi aynan hayotimiz
mezonidan kelib chiqayotgan haqqoniy talablardir. Bularga vaqtida e’tibor
bermaslik, o’z navbatida, ko’plab salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar.
Ma’lumki, O’zbekiston xalqining etnik tarkibida tub aholi ustun mavqeni
egallaydi. Shu bilan birga, respublikamiz hududida o’z madaniyati va an’anasiga
ega bo’lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashamoqda. O’rta Osiyo tub xalqlari
tabiatida boshqa millatlarning vakillariga nisbatan keng fe’llikning mavjudligi
bilan ajralib turadi. “Xalqimiz, — degan edi, I.A.Karimov, — va davlatimizning
tarixiy xotirasida antisemitizm, irqchilik va o’zga millatga, o’zga xalqqa
mensimasdan, hurmatsizlarcha munosabatning boshqacha shakllari namoyon
bo’lgan sharmandali sahifalar yo’qligi bilan faxrlanadi”
1
.
Millatidan qat’i nazar insonlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lish,
o’zgalar kulfatiga hamdard bo’lish va o’zaro yordam ko’rsatish O’zbekiston
xalqiga xos fazilatlardandir. Bu xalqimiz tinchligining asosiy manbaidir.
Milliy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning ajralmas qismidir. Shuning
uchun ham milliy va millatlararo munosabatlarda ijtimoiy hayotimizning barcha
sohalarida ro’y berayotgan o’zgarishlar, qiyinchiliklar, ziddiyatlar o’z aksini
topmay qolmaydi. Har qanday rivojlanishga ham ziddiyatlar xos bo’ladi, ular
1
Karimov I.A.O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari.-T.:“O’zbekiston”,1997.-73-74-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |