Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

342
 
Ijtimoiy-etnik birlikning muhim tomonini madaniyat tashkil etadi. 
Madaniyat tarixi jamiyat tarixining ajralmas bir qismidir. Madaniyat tushunchasi 
inson faoliyati tufayli yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasini 
ifodalash uchun ishlatiladigan atamadir. 
Har bir xalqning madaniy boyligi, aql-idroki va tafakkuri, tarixi uning tilida, 
yozma va og’zaki adabiyotida o’z ifodasini topadi. Til birligi millatning millat 
bo’lib shakllanishida eng muhim shartlardan biridir. Til bo’lmasa el ham, millat 
ham yo’q bo’ladi. Til millat tirikligining, uning yashab turganligi va faoliyat 
ko’rsatayotganligining asosidir. Til odamlar o’rtasidagi eng muhim aloqa, muloqat 
vositasigina bo’lib qolmay, balki u yoki bu milliy madaniyatning ulkan yutug’i, 
xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayoti, ko’p asrlik rivojining 
ko’zgusi hamdir. Til shu til egasi bo’lgan xalqqa kuch-quvvat, ruhiy barkamollik 
beradi, unda milliy faxr-iftixorni shakllantiradi va rivojlantiradi. 
Ijtimoiy-etnik guruhlar hayotining asosini iqtisodiy birlik tashkil etadi. 
Millatlarning shakllanishida moddiy omillar, mushtarak iqtisodiy hayot kechirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy taraqqiyot kishilarning millat kabi tarixan 
barqaror birligining vujudga kelishi uchun asos bo’ladi. 
Millatning yana bir xususiyati shundan iboratki, mushtarak iqtisodiy hayot 
kechirayotgan, ijtimoiy-etnik birliklari o’zaro qarindosh-urug’chilik belgilari bilan 
emas, balki hududiy belgilar bo’yicha ajralib turadi. Yaxlit hududda istiqomat 
qilish ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnatning tobora taqsilmanib borishi, 
savdoning, tovar almashuvining o’sishi natijasidir. 
Shunday qilib, millat kishilarning yagona tilda so’zlashishi, yaxlit hududda 
istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va 
ruhiyatga ega bo’lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligidir
1

Kishilarning milliy birligini davlat yoki irqiy birliklar bilan tenglashtirib 
bo’lmaydi. Davlatlar bir irqdan yoki turli irqlardan tashkil topishi mumkin. 


Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling