Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

340
 
Jamoat tashkilotlari, uyushmalari ixtiyoriylik asosida barpo etilgan bo’lib, 
nizomlari va harakat dasturlarini o’zlari qabul qiladilar, o’z vakolatlariga kirgan 
masalalarni o’zlari mustaqil hal etadilar. Ularning butun faoliyati o’zini-o’zi 
boshqarish, demokratik me’yor va asos e’tibor asosida olib borilishi lozim. 
Jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalari muhim o’rin egallaydi. 
Ommaviy axborot vositalari hamisha jamoatchilik fikriga kuchli ta’sir o’tkazishga 
qodir bo’lgan ma’naviy quroldir. “Ayni shu ommaviy axborot vositalari har bir 
kishi o’z fikrini ifoda eta olishiga imkon beradigan erkin minbar bo’lishi kerak. 
Ayni shu ommaviy axborot vositalari jamiyatimizning demokratik qadriyatlarini va 
tushunchalarini himoya qilishi, odamlarning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy ongini 
shakllantirish bo’yicha faol ish olib borishi kerak”
1

 
7.5.Oila va etnik birliklar jamiyat tarkibining muhim qismi 
 
Oila — jamiyatning kichik hujayrasi — jamiyat tarkibining muhim qismi 
bo’li hisoblanadi. U kishilarning tabiiy-biologik, huquqiy, ma’naviy 
munosabatlariga asoslangan ijtimoiy-etnik birlikdir. Oila — jamiyatning negizidir. 
“Bizning davlatimizni ham, — deb yozgan edi I.A.Karimov, — katta bir oila deb 
tushunish mumkin va lozim. Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib bo’lmasa, 
oilaning barcha a’zolari o’z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik 
bilan mehr-oqibat ko’rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. 
Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam 
va ma’naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi.
O’zbeklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki 
oilasining, qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon-
esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy 

1
Karimov I.A.


O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:“O’zbekiston”,1999.-21-bet.





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling