336
o’ylamas ekan, u albatta, inqirozga yuz tutadi.
O’zbekiston
Respublikasida
mustaqillik
e’lon
qilingan
birinchi
qadamlaridanoq insonning odob-axloqi, bilimi, dunyoqarashi, ma’naviyati rivojiga
katta ahamiyat berilganligi, uning kelajagi buyuk ekanligiga yaqqol dalildir.
Ma’naviy kamolot, bilim, odob-axloq, iymon-e’tiqod, falsafiy dunyoqarash inson
uchun ham, jamiyat uchun ham bebaho boylikdir.
Yuqorida aytilganlardan yaqqol ko’rinib turganidek, ma’naviyat insonning
ichki ruhiy dunyosining ma’no va mohiyatini ifodalaydi. Ma’naviyat — bu havoga
o’xshab ko’zga ko’rinmaydigan, qo’l bilan ushlab bo’lmaydigan narsa emas, balki
u aniq shakllarda namoyon bo’ladigan ijtimoiy hodisadir. Buni biz quyidagilardan
yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Birinchidan, insonning ichki ruhiy dunyosi uning dunyoqarashida namoyon
bo’ladi. Dunyoqarash — bu kishilarning olam haqidagi, jamiyatda yuz berayotgan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy voqealar, hodisalar, jarayonlar haqidagi g’oyalar,
qarashlar majmuidir. Insonning dunyoqarashiga qarab, uning ichki ruhiy dunyosini
bilib olish qiyin emas.
Ikkinchidan, kishilarning ichki ruhiy dunyosi, har bir insonning kundalik
xatti-harakati, yurish-turishi, odob-axloqi, muomalasi, oila a’zolari, boshqalarga,
davlat va uning siyosatiga munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Uchinchidan, odamlarning ichki ruhiy dunyosi ularning aqliy va jismoniy
faoliyatining natijalarida, jamiyat taraqqiyotiga o’zining halol mehnati bilan
qo’shgan hissasida namoyon bo’ladi.
To’rtinchidan, insonning ichki ma’naviy dunyosi ularning psixologiyasida,
hissiyotlari, kechinmalarida, zavqlanish, iztirob chekish kabi boshqa psixik
holatlarda namoyon bo’ladi.
Beshinchidan, insonning ichki ma’naviy dunyosi ularning o’z-o’zini
anglashda ham namoyon bo’ladi. O’z-o’zini anglash kishilargagina xos xususiyat
bo’lib, u o’zining ichki holati, ahvolini bilish, o’z-o’zini tushunib yetish va nazorat
qilishda, shuningdek, o’z xatti-harakatlarini boshqarishda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |