Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
332
haqiga zarracha bo’lsada xiyonat qilmasliqdir. “Turkiston mulkining shayhul mashoyixi” Xoja Ahmad Yassaviy e’tiqodicha, “haq yo’liga kirib bo’lmas pok bo’lmasdan”, halol bilan haromni farqlash, faqat o’z mehnati evaziga tirikchilik qilish, harom-harishdan jirkanish, haromxo’rlikni eng katta gunohi azim va axloqsizlik deb hisoblash muhimdir. Xoja Ahmad Yassaviy ta’biricha, “nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur, yo’ldan ozib, toyib, to’zib, gumroh bo’lur. Yotsa, tursa shayton bilan hamroh bo’lur...”. Nafsga erk bergan kishi, Sharq musulmon falsafasida qayd etilishicha, behisob azob-uqubat, kulfatlarga giriftor bo’ladi. Nafsga erk berib mol-dunyo to’plashga berilib ketgan, o’zgalarni o’ylamaydigan, boshqalar tashvishi bilan kuyib-yonmaydigan odam odamiyliqdan chiqadi, el-yurt e’tiboridan chetda qoladi. Nafs hokim bo’lgan ko’ngillardan ruh, ma’naviyat chekinadi. Ko’ngil butunlay nafs ixtiyoriga aylanadi. Bu ko’ngil hech kimga yaxshilik keltirmaydi. Barcha razilliklar, zo’ravonliklar, barcha insofsizliklaru, makru-hiylalar va oqibatsizliklar nafs tufaylidir, nafs bandasi bo’lib qolishning oqibatidir. Nafs — hiylakorlikning, quvlikning, shaytonlikning, uchiga chiqqan makkorlikning asosidir. Insonni ma’naviy-axloqiy jihatdan bezaydigan xalqimiz ma’naviyati, ma’naviy hayoti shakllanishi va rivojlanishi tarixiga nazar solsak, uning zaminlari nihoyatda mustahkam ekanligiga ishonch hosil qilamiz. U o’zining chuqur ildiziga ega. Uning ildizlari asrlar qa’riga borib taqaladi. Dunyodagi qadimiy sivilizatsiyalardan biri bizning mintaqamizda, Turonimizda paydo bo’lgan. “Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz, — degan edi I.A.Karimov, — nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu - fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari, shu kungacha qo’rku fayzini, mahobatini yo’qotmagan asori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling