Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

335
 
edi I.A.Karimov, - har doim buloqdan chanqog’ini bosadi. Xuddi shuningdek inson 
ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi. 
yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, mustaqil 
davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik — 
ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng”
1

Ma’naviyat insonga muayyan maqsad, kelajakka ishonch bilan borish uchun 
katta umid, kuch va qudrat baxsh etadi. Ma’naviyat insonning o’zligini anglab 
olishda unga yordam beradi. O’zligini anglagan insongina, o’zligini anglagan 
millatgina kuchli davlat, adolatli jamiyat barpo eta oladi. 
Milliy jihatdan o’zligini tanigan inson millatini, Vatanini, uning o’tmish 
tarixini, adabiyoti, san’ati va madaniyatini bilib oladi. O’zligini anglagan inson, 
o’zligini anglagan millat urug’ ajdodlarining aqlu zakovati va ularning hayotbaxsh 
meroslariga munosib bo’lishga harakat qiladi. Vatanini o’zgacha mehr bilan 
sevadi, u bilan cheksiz faxrlanadi, yurtim deb, elim deb yashaydi. 
Ma’naviyat inson hayotini go’zallashtiradi, turmushiga mazmun va mohiyat 
bag’ishlaydi. Yuksak ma’naviyat va madaniyat sohibi bo’lgan insonning qalbi pok, 
so’zi bilan ishi bir bo’ladi. 
Inson ongi, odob-axloqi, ma’naviyati, dunyoqarashi shakllanishi, talab-
ehtiyojlarining qondirilishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy 
tuzum mohiyati va xarakteriga bevosita bog’liq. Jamiyat qanday bo’lsa, ijtimoiy 
munosabatlar majmui bo’lgan inson ham unga mos bo’ladi. Demak, insonning 
inson sifatida shakllanishi, o’zini namoyon qilishi, ma’naviy kamoloti, qobiliyati 
va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun jamiyat o’zining barcha jabhalarida 
insoniylashmog’i lozim. 
Tarix saboqlaridan shu narsa aniq va ravshanki, qaysi bir davlat yoki jamiyat 
o’zining moddiy boyliklariga ishonib, asosiy e’tiborni faqat uni ko’paytirishga 
qaratib, xalqning madaniyatini, insonning ma’naviy ehtiyojlari rivojlanishini 

1
Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.-T.:“O’zbekiston”, 1994.-9-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling