Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

337
 
Shunday qilib, insonning ichki ma’naviy, ruhiy dunyosi bir qator ko’zga 
ko’rinadigan, jamiyat tomonidan baholanadigan ko’pgina xislatlarida o’z aksini 
topadi, tashqarida namoyon bo’ladi. Agarda kishilarning ichki ma’naviy dunyosini 
bilib bo’lmaydigan bo’lsa, unda ma’naviy yetuk barkamol insonlarni tarbiyalash 
vazifasi jamiyatimizda dolzarb muammo bo’lib turmas edi. 
Insonning ichki ruhiy, ma’naviy dunyosining namoyon bo’lish shakllarini 
bilish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Kishilarning ichki dunyosini bilmay 
turib, ularga ta’sir ko’rsatish amri maholdir. Aksincha, ularning ichki ma’naviy 
dunyosini bilib olish kishilarning dunyoqarashi, odob-axloqi, yurish turishiga, 
mehnat qilishiga, psixologik holatlarni e’tiborga olgan holda tani-sog’lig’iga ijobiy 
ta’sir ko’rsatib, elga, Vatanga sadoqatli, fidoiy insonlarni tarbiyalash imkoniyatini 
tug’diradi. 
7.4. Davlat va siyosiy tashkilotlarning jamiyat hayotidagi o’rni 
 
Davlatning kelib chiqishi, uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida 
har xil qarashlar mavjud «Ijtimoiy shartnoma» nazariyasi namoyondalari Tomas 
Gobbs (1588-1679 yy.), Jan Jak Russoning (1712-1778 yy.) fikricha, davlat va 
huquq odamlar orasidagi ongli ravishda tuzilgan shartnoma natijasida paydo 
bo’lgan. Kishilar uzoq vaqg yashab kelgan “tabiiy holatda” cheklanmagan shaxsiy 
erkinlikka ega bo’lganlar. Keyinroq ular o’rtasida turli ziddiyatlar kelib chiqqanligi 
tufayli o’z xavfsizligini, xususiy mulkni va boshqa shaxsiy huquqlarni ta’minlash 
uchun davlat foydasiga bu erkinliklardan voz kechishga ongli suratda qaror 
qilganlar va bu haqida shartnoma tuzganlar. Natijada davlat yuzaga kelgan. 
“Zo’rlik nazariyasi”ning tarafdori E.Dyuring (1833-1921 yy.), davlat 
boshqalarning hududini zo’ravonlik bilan tortib olib ma’lum bo’lgan kishilarga 
zo’rlik o’tkazish uchun ta’sis etilgan degan g’oyani ilgari surgan. 
Ilmiy falsafa nuqtai-nazaridan qaraganda davlat jamiyat taraqqiyotining 
muayyan bosqichida fuqarolik boshqaruv tizimining yemirilishi tufayli paydo 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling