Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

339
 
Jamiyatning olg’a tomon rivojlanib va taraqqiy etib turishida siyosiy 
partiyalar alohida o’rin tutadi. Siyosiy partiyalar ma’lum bir ijtimoiy guruhlar, 
tabaqalarning manfaatlarini ifodalaydi va ularga xizmat qiladi. Siyosiy partiyalarni 
yo’lboshchilar deb ataladigan eng obro’li, tajribali kishilardan iborat birmuncha 
barqaror guruhlar idora qiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda siyosiy partiyalar saylov tizimi vositasida 
markazdagi yoki joylardagi hokimiyatni qo’lga kiritish yoxud undagi lavozilmarni 
saylovda olan ulushlariga qarab mutanosib ravishda taqsilmab olishga harakat 
qiladilar. 
Barcha demokratik davlatlarda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham 
partiyalarning o’zaro kurashi, g’oya va qarashlarining raqobati, saylovchilar ovozi 
uchun kurash bo’lishi tabiiy. Albatta, bu kurash mamlakatda qabul qilingan qonun-
qoidalar doirasida olib borilishi kerak.
Bugungi kunda mamlakatni yangilash va yanada demokratlashtirish, 
O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi maqsadlarga izchillik bilan 
erishishda siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va 
ahamiyatini tubdan kuchaytirish vazifasi birinchi navbatda saylov jarayonlarida 
fuqarolarimizning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining xohish-irodasini 
ifoda etish, ularning markazda va joylarda davlat hokimiyatini shakllantirish 
masalalarida bevosita ishtirok etishini ta’minlashning hal qiluvchi vositasi sifatida 
muhim o’rin tutadi. “Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari hokimiyat 
tizimlaridan, avvalo hokimiyatning saylab olinayotgan organlaridan o’rin olish 
uchun kurashar ekanlar, aniq maqsadlari, harakat dasturlari bo’lishi kerak. Toki bu 
dasturlarning amalga oshirilishi mamlakatdagi ijobiy o’zgarishlarga barakali ta’sir 
etsin”
1

Siyosiy partiyalar kabi jamoat tashkilotlari ham jamiyatning siyosiy, ijtimoiy 
va xo’jalik hayotida muhim rol o’ynaydi. Ular o’z vazifalarini o’ziga xos shakllar 
va usullar asosida bajaradilar. 

1
Karimov I.A.


O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:“O’zbekiston”,1999.-21-bet.





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling