Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

338
 
bo’lgan siyosiy institutdir. 
Har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o’ziga mos davlat tizimiga ega. Davlat o’z 
ma’muriy-hududiy tuzilishi jihatidan asosan uch turda: federativ, konfederativ, 
unitar (yaxlit) tarzda bo’lishi mumkin. Bu davlatning tarkibidagi qismlarning 
markaziy hokimiyat bilan o’zaro munosabatlari, shuningdek, har bir hududiy 
qismning mavqei turlicha mohiyat kasb etishidan kelib chiqadi. 
Federativ davlatlar avtonom (muxtor) respublikalar, shtatlar, hududiy yer 
birliklaridan tashkil topadi. 
Konfederatsiyani ta’sis etuvchi davlatlar o’z mustaqilliklarini to’liq saqlab 
qolgan holda, muayyan bir maqsadda o’z kuchlarini uyg’unlashtirib ish yuritadilar. 
Unitar (yaxlit) davlatlar, federadiyadan farqli o’laroq, viloyat, o’lka, tuman, 
guberniya, grafliklar singari ma’muriy-hududiy qismlardan tashkil topgan 
tuzumdir. Davlatning zaruriy belgilarini qurolli kuchlar — armiya, politsiya, sud, 
prokuratura va boshqa tuzilmalarning mavjudligi, o’zining davlat chegarasi, davlat 
ramzlari (madhiya, bayroq, gerb), davlat tili, Konstitutsiyasi, valyutasi birligi 
tashkil etadi. 
Shuningdek, har qanday davlat o’zining davlat boshqaruv tizimiga ega. 
Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida boshqaruvning asosan ikki shakli — monarxiya 
va respublika shakllari mavjud. Respublika o’z navbatida, parlamentar va 
prezidentlik ko’rinishlariga ega.
Prezidentlik respublikaning parlamentar respublikadan asosiy farqi 
shundaki, Prezident xalq tomonidan saylanib, davlatning va ijroiya hokimiyatning 
boshlig’i hisoblanadi, hukumat Prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot 
beradi. 
Parlament respublika esa, parlament, ya’ni oliy vakillik, qonun chiqaruvchi 
Prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi va ularni o’ziga itoat ettiradi. 
Davlat hokimiyatining mustahkamligi, istiqboli uning xalq ommasining 
manfaat va ehtiyojlarini qay tarzda ifoda etishiga bevosita bog’liq. Shuning uchun 
xalq ommasi davlatni demokratik asosda boshqarishdan manfaatlidir. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling