333
madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat
beradi. Beshavqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar,
bitiklardan tortib bugun kutubxonalarimiz xonasida saqlanayotgan 20 mingdan
ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq,
falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik,
dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz,
iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi.
Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan
bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman”
1
.
O’zbekistonda ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatga, inson aql zakovatining
noyob va go’zal boyliklariga bundan bir necha asrlar ilgari asos solingan.
Mamlakatimiz fani, san’ati, madaniyati juda qadim zamonlardan yuksala
boshlanganini, uning ildizlari, zaminlari chuqur, qudratli va qadimiyligini yaxshi
bilamiz. Ma’naviy boyliklar, ilm-fan, aql-zakovat asrlar davomida o’zbek
millatiga, butun insoniyatga tabiat sir-asrorlarini o’rganishda, tibbiyot, falsafa,
huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunosliqda xizmat qilib kelmoqda. Ilmlar
xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlarini butun dunyo biladi. Bu bizlar
uchun cheksiz faxr-iftixordir.
Jamiyatning ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifati umuman aytganda,
ma’naviy hayot ijtimoiy-siyosiy, moddiy hayoti taraqqiyotga hamisha va har doim
eng kuchli ta’sir etuvchidir.
Shuning uchun ham ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib
kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash xalqning
ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O’zbekistonning davlat
mustaqilligini barqarorlashtirish uchun eng muhim vazifasidir.
O’zbekistonning kelajakda rivojlangan buyuk davlatga aylanishi to’rtta
ma’naviy negizga asoslanadi. Bu negizlar umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik,
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o’z
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-T.:“O’zbekiston”,1998.-3-4-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |