Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
329
mahsullarini, jamiyat tomonidan to’plangan madaniy boyliklarida ifodalangan yutuqlarni, ijtimoiy ong shakllarini, kishilarning g’oyalarini, qarashlari, tasavvurlari, dunyoqarashi, odob-axloqi, butun ma’naviy olamni qamrab oladi. Jamiyat ma’naviy hayoti, boshqacha aytganda, umuman ma’naviy ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Maorif, ilm-fan, adabiyot, san’at, kino va teatr, xalq ijodiyotining jamiki durdonalari inson ma’naviy faoliyatining muhim elementlari, ko’rinishlari, tarkibiy qismlaridir. Kutubxona va muzeylar, radio va televidenie, matbuot, umuman ommaviy axborot vositalari haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Jamiyat taraqqiyoti iqtisodiyot bilan ma’naviyatning bir-biri bilan bog’langan, biri ikkinchisisiz voqe bo’lmaydigan murakkab jarayondir. Iqtisodiyot va ma’naviyat har qanday jamiyat hayoti va taraqqiyotining o’zaro ajralmas ikki sohasi, muhim tomonlaridir. Ular biri-birini inkor etmaydi, balki bir-birini quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib rivojlanib va takomillashib boradi. “Agar iqtisodiy o’sish, taraqqiyot — jamiyatimizning tanasi bo’lsa, ma’naviyat-ma’rifat va siyosiy ong yetukligi uning ruhi, aqli jonidir” 1 . Jahon tarixiy tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotning tanho bir o’zigagina asoslangan jamiyat va davlatning tag zamini mo’rt bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot madaniy-ma’naviy, ruhiy, ma’rifiy kamolot, o’sish-o’zgarish va rivojlanish bilan chambarchas bog’langandagina jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti behad tezlashadi va yuksak samaralar beradi. Ijtimoiy hayotda tub tarixiy o’zgarishlar ana shunday sharoitlarda sodir bo’ladi. Jahondagi barcha ilg’or mamlakatlar shu boisdan ham tarixiy taraqqiyotning burilish davrlarida jamiyat ma’naviy hayoti rivojlanishi masalalariga katta e’tibor berganlar, madaniy saviyasi darajasini, ma’naviyati va madaniyatini ko’tarish zarur deb hisoblaganlar. I.A.Karimov, jamiyat hayotining barcha jabhalari, birinchi galda iqtisodiyot ham ma’naviyat-ma’rifat bilan uzviy aloqadorligini ta’kidlab shunday degan 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling