Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

327
 
chiqaruvchi kuch sifatida inson yangi mashina va mexanizmlarni ixtiro qiladi
ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy kashfiyotlar qiladi, fan va texnikani, 
adabiyot, san’at va madaniyatni rivojlantiradi, yangi texnologiyani yaratadi. Inson 
o’zining bilimi, tajribasi, malakasiga tayanib ishlab chiqarishni amalga oshiradi. 
Inson faqat ishlab chiqaruvchi kuchdan iborat emas. Shu bilan birga u ishlab 
chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti hamdir. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularning asosiy qismlari xususida, hozirgi 
sharoitda fan va texnikaning o’sib borayotgan roli va ahamiyati haqida fikr 
yuritmasdan bo’lmaydi. Inson ishlab chiqarish qurollarini takomillashtira borib, 
o’zining ishlab chiqarish malakasini ham o’zgartiradi. 
Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotning hozirgi tarixiy 
bosqichida, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan ijtimoiy ishlab chiqarishda, 
inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida muntazam ravishda foydalanmasdan 
turib olg’a rivojlanib bo’lmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnat 
unumdorligining o’sib borishi ham shunga bevosita bog’liq. Fan ishlab 
chiqarishga, xalqlarning turmush darajasi, madaniyati, axloqi, dunyoqarashiga o’z 
ta’sirini ko’rsatmokda. Hozirgi paytda ishlab chiqarishni zamonaviy qurollar bilan 
ta’minlashda, jamiyat taraqqiyotida fanning tutgan o’rni va ahamiyati beqiyos 
darajada kuchaydi. 
Fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish yangidan-yangi tarmoqlarining 
yuzaga kelishi va turmushda qo’llanishiga zamin yaratadi. Radiotexnika, 
radioelektronika, elektron texnikasi, sintetik kimyo. Yadro energetikasi, sun’iy 
to’qimalar kimyosi, elektron hisoblash mashinasi — bular va boshqa shu kabilar 
fan va texnikaning yangi zamonaviy tarmoqlaridir. Insoniyatning atom 
energiyasini egallash, koinotni o’zlashtirish, avtomatlashtirish, kibernetika, 
matematika, fizika, biologiya fanlari yutuqlaridan foydalanish borasida erishgan 
natijalari xayron qolarlik darajada son-sanoqsizdir. Demak, hozirgi sharoitda ishlab 
chiqaruvchi kuchlar, ayniqsa sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jahon 
miqyosida tezkorlik bilan rivojlanayotgan ekan, bu albatta, fan va madaniyatning 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling